1972-yil O’rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti tashkillashtirilishi munosabati bilan Gospital pediatriya №1 kafedrasi Toshkent Davlat Tibbiyot institutidan ajralib chiqadi. 1960-yildan 1972-yilga qadar kafedrani O’zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandrova L.S. boshqargan. Kafedraning shu yillarda ilmiy yo’nalishi bolalardagi nefrit kasalliklari muammosiga bag’ishlangan bo’lib, 81 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya chop etilgan.
1976-yildan 1981-yilgacha kafedrani Respublika Bosh pediatri, tibbiyot fanlari nomzodi, dosent Pashkovskiy E.V. boshqargan. Pashkovskiy E.V. 46 ta ilmiy ishlar muallifi.
1981-1998-yillar davomida kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Abdullaxodjaev M.S. boshqargan. Aynan shu yillarda kafedra institut miqyosida eng katta kafedra hisoblanib, unda 48 ta professor- o’qituvchilar faoliyat yuritganlar: 2 ta professor, 8 ta dostent, 7 ta fan nomzodlari va 31 ta assistentlar. Ular boshchilik qilgan davrda kafedrada 1 ta doktorlik, 10 ta nomzodlik dissertastiyalari yoqlangan, 120 ta ilmiy maqola, 3 ta monografiya va 50 ta uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.
1999-yilning yanvar oyidan may oyigacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori Y.R. Xoshimov boshqargan. Ularning ilmiy yo’nalishlari bolalarda gastroduodenit kasalligini davolashni samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, 74 ta ilmiy ishlar chop etilgan. Qisqa muddat kafedrani boshqarganliklariga qaramay, shu davr ichida izlanuvchi Nurmatov Sh.N. ambulatoriya sharoitida «O’tkir respirator kasalliklarning tashxisoti va davolanishi»ga oid mavzusida nomzodlik dissertastiyasini yoqlagan.
1999-2000 yy. davomida kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Kuznestova Tatyana Anatolevna boshqarganlar.
2000-yildan 2002-yilgacha kafedrani institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.V.Alimov boshqarganlar. Ularning raxbarligida kafedrada 1 ta doktorlik va 6 ta nomzodlik disertastiyalarini himoya kilish rejalashtirilgan. A.V. Alimovning ToshPMIdagi faoliyatlari davrida 5 ta fan doktorlari, 20 ta fan nomzodlari, tibbiyot oliygohlarida talabalar uchun bolalar kasalliklari bo’yicha birinchi bor o’zbek tilida darslik, 1000 dan ortiq maqola va tezislar, ixtiro uchun 3 ta patent va 7 ta rastional takliflarning chop etilgan.
2002 -2003 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor X.K.Sultanov boshqarganlar.
2004 yildan 2009 yilning aprel oyigacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor A.R.Isroilov boshqarganlar. Bu davr ichida kafedrada 2 ta nomzodlik dissertastiyalari ximoya kilindi va 2 ta nomzodlik dissertastiya mavzulari tasdiqlandi.
2012-yil aprel 2009-yildan boshlab kafedraga professor Yuldashev Ilhom Ruzievich mudir bo’lgan.
2012-yildan 2018-yilgacha kafedraga Karimova Muborak Ne’matullayevna mudirlik qilganlar.
2018-yildan hozirgi kunda qadar kafedraga tibbiyot fanlari doktori, dosent Aliyeva Nigora Rustamovna mudirlik qilib kelmoqdalar.
N.R. Aliyeva 1981-yilda tug’ilgan, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 2005-yilda ToshPTIni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2008-yilda ToshPTI “Pediatriya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2008-2014-yillarda tibbiy faoliyat bilan shug’ullangan hamda Respublika pediatriya ilmiy-amaliy markazining gastroenterologiya bo’limida ilmiy tadqiqot olib borgan. 2014-2016 yillarda – ilmiy loyiha rahbari. 2014-2017 yillarda “Bolalar kasalliklari propedevtikasi va umumiy parvarish” kafedrasi katta ilmiy xodimi. 2018 yilda Bolalar kasalliklari va umumiy parvarishlash propedevtikasi kafedrasi dosenti. O’sha yili u «Yuqori insolyatsiya zonasida ichak kasalliklarida D vitaminining roli» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va «Pediatriya-14.00.09» ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini qo’lga kiritgan. 2018-yildan hozirgacha Gospital pediatriya №1, xalq tabobati kafedrasi mudiri. Kasbiy faoliyati davomida 90 dan ortiq ilmiy maqolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar chop etgan. O‘zbekiston Respublikasining “2018-yilning eng yaxshi ilmiy xodimi va pediatri” tanlovida g’olib bo’lgan, “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” hisoblanadi.