Toshkent pediatriya tibbiyot instituti II pediatriya fakulteti 5-kurs talabasi Lazizjonova Umida tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan «Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgasha» III Xalqaro olimpiadada “Psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha BIRINCHI o‘rinni egalladi.

Institut rahbariyati va jamoasi Umida Lazizjonovani va uning ilmiy rahbari Rogov Aleksey Vladimirovich hamda “Psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi” kafedrasi mudiri prof. Abdullaeva Vasila Karimbekovnani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.