Kafedra mudiri: siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Buranova Dilafruz Jamaldinovna.
Kafedra xodimlari: p.f.n. Sharipova F.I., Nabieva D.R., Guzacheva N.I., Maxametova D.B., Aimetova X.D., Latipova D.Sh., Tolipova Sh.Sh., Ahmedova A.F., Jalilova N D., Lutfullaeva X.A., Maxametova M.M., Ibragimova R.Z., Davletyarova N.I.
Kafedrada quyidagi fakultetlarning 1,2,3 kurs talabalari: I, II Pediatriya, «Tibbiy pedagogika», «Davolash ishi», «Oliy hamshiralik ishi», «Tibbiy biologiya», «Halq tabobati» kafedrasida «Tibbiyotda horijiy til» fanida darsga kirita oladi. Ushbu fanga yaqin va uzoq xorijdan kelgan talabalar o’qitilmoqda.
Magistraturaning 1-kurs talabalari «Amaliy ingliz tili» kursini o’taydilar.
Kafedra quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi: pedagogika, ingliz tilini o’qitish metodikasi, filologiya.
Kafedraning ilmiy darajasi 2%.
Kafedra Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o’quv-ma’muriy binosining to’rtinchi qavatida joylashgan.
Kafedra xodimlari, talabalar va magistrantlar quyidagi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqdalar: O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqalar.
Kafedra xodimlari chet tillarini o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanma va darsliklarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqdalar. Kafedra o’qituvchilari, talabalar va magistrantlar xalqaro konferentsiyalar, kongresslar va simpoziumlarda faol qatnashadilar