S.D. Asfandiyarova nomidagi KazNMU Til fanlari kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent Anel Tileumagambetovna Baktybaeva tomonidan mahorat dars
2024-yilning 15-16-mart kunlari “Xorijiy tillar” kafedrasida “Tibbiyot talabalariga ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajriba almashish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ToshPMI talabalari, magistrantlari, ordinatorlar va o‘qituvchilari uchun tashkil etildi.
Yangi semester boshlanish
Tibbiy oliy taʼlimning rivojlanishini xalqaro standartlar talablariga muvofiq ravishda, tibbiyot uchun ingliz tilini oʼqitishga moʼljallangan “Treat and Speak (I)” darsligi boʼyicha Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Xorijiy tillar kafedrasida ingliz tili fanidan mashgʼulotlar interfaol tarzda olib borilmoqda. Darslikda talabalarda birinchi navbatda kommunikativ kompetentsiyani shakllantirishni nazarda tutgan hoda, “gapirish”, “oʼqish”, “tinglash” va “yozish” boʼyicha sistematik tarzdagi topshiriqlar majmui ishlab chiqilgan boʼlib, undagi matnlar va vazifalar mutaxassislik boʼyicha ingliz tilini oʼrganishda qulaylik yaratadi.
Xorijiy tillar kafedrasidagi o’quv jarayoni institut rahbariyati nazorati ostida boshlandi
“XORIJIY TILLAR” KAFEDRA MUDIRI, DOTSENT BURANOVA D.D. VA KAFEDRA XODIMLARINING 1-KURS TALABALARI BILAN TANISHUV
TOSHPTIDA “XXI ASRDA XORIJIY TILNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI.
2023 yil 26 may kuni Toshkent Pediatriya tibbiyot institutida “XXI ASRDA XORIJIY TILNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
HAMSHIRALAR TA’LIMI INTERFAOL TRENINGLAR
MD rahbarligida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xodimlari Tojieva M.M. va ToshPTI Chet tillar kafedrasi mudiri D.D. Buranova, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish maqsadida “Hamshiralik ta’limi” rejasi asosida muntazam ravishda interfaol o‘quv seminarlarini o‘tkazib berdi.
TOSHPMIDA ITALİYA BOLONYA UNIVERSITETI OLIM VA MUXAFSATLARI MAQATOR DARS O’TKAZIB O’TDI.
ToshPTI “Chet tillari” kafedrasi tomonidan “Talabalar uchun Yevropa standartlari: xorijiy tillarni bilish oliy tibbiy ta’limning ajralmas qismi sifatida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati va mahorat darslari tashkil etildi.
XORIJIY TILLАRNI MUKАMMАL OʼZLАShTIRISh – TА’LIM SIFАTINING MUHIM JIHАTI SIFАTIDА
2022 yil 6-7 dekabr kunlari ToshPTI “Xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan “EFFECTIVE WAYS OF LANGUAGE LEARNING FOR MEDICAL SPECIALISTS IN THE ENGLISH SPEAKING ENVIRONMENT”(“Tibbiyot mutaxassislari uchun kommunikativ muhitda ingliz tilini o‘rganishning samarali usullari”) mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy davra suhbati va master-klass tadbirlari tashkil etildi.
ChET TILLАR KАFEDRАSI ISTАNBULDАGI АNJUMАNDА
Joriy yilning avgust oyida ToshPTI Xorijiy kafedrasi bir guruh pedagog-xodimlari Turkiyaning Stambul shahrida boʼlib oʼtgan Taʼlim sohasidagi innovatsiyalarga bagʼishlangan Xalqaro taʼlim va fan tadqiqotlari jamiyati (International Conference on Social Science Studies) tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferentsiyada ishtirok etdilar. Konferentsiyada uch qitʼa – Osiyo, Аfrika va Yevropa mamlakatlaridan kelgan olim va tadqiqotchilar xalqaro hamkorlikni oʼrnatish uchun birlashdilar. Oʼzbekistonlik ToshPTI delegatlari konferentsiyada oʼz hamkasblari bilan taʼlim sohasidagi dolzarb masalalar boʼyicha fikr va tajriba almashib, faol ishtirok etdilar. D.Buranova tomonidan «Perspectives of English language teaching at medical high school» mavzusidagi maʼruza ayniqsa qizgʼin bahs-munozaralarga asos soldi. Xorijiy tillar kafedrasi pedagog xodimlari konferentsiyada spiker va ishtirokchi sertifikatlariga ega boʼldilar.
English Tea Club
2022 yil 18 aprel kuni ToshPTI II TTJ da Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari English Tea Club mavzusida ingliz tilida ma’naviy- ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi. Unda kafedraning barcha o‘qituvchilari, 2 Pediatriya fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir mobaynida turli interaktiv o‘yinlar, Koxoit o‘yini, quvnoq viktorinalar o‘tkazilib, talabalar ularda faol qatnashishdi. Tadbir yakunida g‘oliblar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar uchun chiroyli dasturxon yozildi va choy ustida suhbat bo‘ldi. Shundan so‘ng, xorijiy tillar kafedrasi mudiri, dotsent D.D.Buranova so‘zga chiqdi va ingliz tilining dolzarbligi, ahamiyati haqida gapirdi. Bu kabi tadbirlar, talaba yoshlar, pedagoglar uchun manfaatli ekanligi, ularni tashkillashtirish yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga ijobiy ta’sir o‘rsatishi aytildi.
Xulsosa qilib aytganda, ushbu tadbir hammada yaxshi taassurotlar qoldirdi.
3-KURS TALABALARI DIQQATIGA!
ToshPTI «Xorijiy tillar» kafedrasi “Ingliz tili” fani bo’yicha Davlat imtihoni 2021 yil 14-17 fevral kunlari Zoom platformasida onlayn tarzda o’tkazilishi haqida ma’lum qiladi. Imtihononning aniq sanasi va vaqti qo’shimcha ravishda har bir fakultet dekanati tomonidan oldindan e’lon qilinadi. Davlat imtihonini topshirish yuzasidan quyidagi talablarni o’rganib chiqishingizni so’raymiz:
1. Imtixon topshiriqlari bo’yicha tematik materiallar va topshiriqlar talablari ingliz tili o’qituvchilar tomonidan guruxlarga taqdim etiladi, shuningdek, ToshPTI Moodle platformasi va kafedra saytida joylashtiriladi
2. Har bir talaba imtihonga o’z pasporti (original) bilan kirishi shart.
3. Onlayn tizimida imtihon komissiyasi bilan aloqaga chiqish bo’yicha barcha muamollar oldindan hal qilinichi talab qilinadi. Joylarda Internet ta’minoti bilan bog’liq mavjud muammolarini bartaraf qilish maqsadida, shahar, viloyat va tuman markazlarida talablarning onlayn o’qilishi uchun moslashtirilgan Internet kafelariga davlat imtihonlari boshlanishidan 2-3 kun oldin murojaat qilish, bunda imtihon sanasi va vaqtini aniq ko’rsatgan holda yozilib qo’yish tavsiya etiladi. Mazkur Internet shaxobchasining manzili va tegishli ma’lumotlar guruhning ingliz tili o’qituvchisiga oldindan taqdim etilishi maqsadga muvofiq.
4. Talaba imtihon komissiyasi bilan video aloqa orqali muloqot qilish shart.
5. Yuqorida ko’rsatilayotgan talablarga jiddiy rioya qilinmagan va davlat attestatsiyasiga asoslanib tayyorgarlik ko’rilmagan holda, va natijada, imtihon komissiyalasi bilan o’z vaqtida onlayn aloqaga kirilmagan taqdirda, talaba imtihonini topshirmagan hisoblanadi
TOShPTida “YaNGI OʼZBEKISTONDА ERKIN VА FАROVON YaShАYLIK” shiori ostida mustaqillik darslari hamda “BIRINChI KURS MАKTАBI” «Chet tillar» kafedrasi mudiri dotsent Buranova D.D. tomonidan bo’lib o’tdi.
«Fan va Ta’lim:Tibbiyotning dolzarb muamollari, yutuqlari va innovatsiyalar», Toshkent-2021, xalqaro on-line konferensiya
DAVLAT IMTIHON
ToshPTI «Chet tillar» kafedrasida quyidagi «I Pediatriya», «II Pediatriya», «Davolash ishu», «Tibbiy pedagogika», «Oliy hamshiralik» fakultetlarining 3-kurs talabalari uchun ingliz tili bo’yicha davlat imtihonini o’tkazildi.
3-KURS TALABALARI DIQQATIGA!
STATE EXAM TOPICS FOR SPEAKING❗❗❗
ToshPTI «Xorijiy tillar» kafedrasi “Ingliz tili” fani bo’yicha Davlat imtihoni 2021 yil 25-28 yanvar kunlari Zoom platformasida onlayn tarzda o’tkazilishi haqida ma’lum qiladi. Imtihononning aniq sanasi va vaqti qo’shimcha ravishda har bir fakultet dekanati tomonidan oldindan e’lon qilinadi. Davlat imtihonini topshirish yuzasidan quyidagi talablarni o’rganib chiqishingizni so’raymiz:
1. Imtixon topshiriqlari bo’yicha tematik materiallar va topshiriqlar talablari ingliz tili o’qituvchilar tomonidan guruxlarga taqdim etiladi, shuningdek, ToshPTI Moodle platformasi va kafedra saytida joylashtiriladi
2. Har bir talaba imtihonga o’z pasporti (original) bilan kirishi shart.
3. Onlayn tizimida imtihon komissiyasi bilan aloqaga chiqish bo’yicha barcha muamollar oldindan hal qilinichi talab qilinadi. Joylarda Internet ta’minoti bilan bog’liq mavjud muammolarini bartaraf qilish maqsadida, shahar, viloyat va tuman markazlarida talablarning onlayn o’qilishi uchun moslashtirilgan Internet kafelariga davlat imtihonlari boshlanishidan 2-3 kun oldin murojaat qilish, bunda imtihon sanasi va vaqtini aniq ko’rsatgan holda yozilib qo’yish tavsiya etiladi. Mazkur Internet shaxobchasining manzili va tegishli ma’lumotlar guruhning ingliz tili o’qituvchisiga oldindan taqdim etilishi maqsadga muvofiq.
4. Talaba imtihon komissiyasi bilan video aloqa orqali muloqot qilish shart.
5. Yuqorida ko’rsatilayotgan talablarga jiddiy rioya qilinmagan va davlat attestatsiyasiga asoslanib tayyorgarlik ko’rilmagan holda, va natijada, imtihon komissiyalasi bilan o’z vaqtida onlayn aloqaga kirilmagan taqdirda, talaba imtihonini topshirmagan hisoblanadi
YANGI O’ZBEKISTON – YANGIСHA DUNYOQARASH
Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumani Axillik mahallasida «YANGI O’ZBEKISTON – YANGIСHA DUNYOQARASH» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish.
DOKTORANTURAGA INGLIZ TILIDAN IMTIHONLAR
5 noyabr kuni ToshPTIda doktoranturaga da’vogarlar uchun ingliz tilidan imtihonlar bo’lib o’tdi, unda «Chet tillar» kafedrasi mudiri dotsent Buranvoa D.D., kafedra katta o’qituvchilari Aimetova X.D., Nabieva J.R. Imtihon jarayonidagi asosiy fikrlar xavfsizlik choralariga rioya qilish va talabalarning bilimlarini sinovdan o’tkazishning yuqori sifatli jarayonini ta’minlash edi.
УOZGI AMALIYOT 2020
106 1PF va 306 1PF kuratorlik guruhlari talabalari D. Alkorov D. va Turdimorodov S.larning 2020 yilgi yozgi amaliyot savollariga video-javoblari