Kafedra talabalar ilmiy jamiyati (SNO) to’garagi uchun mas’ul: Sattarova Nargiza Xalikulovna

Har yili talabalar bakalavrlar, magistrlar va klinik ordinatorlar kafedra negizida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etadilar. Ularning ilmiy ishlari natijalari talabalar ilmiy konferensiyasining tezislar to’plamida chop etiladi. Joriy 2023 yilda 30 nafar talaba tomonidan ilmiy ishlar olib borildi va ilmiy rahbarlar rahbarligida tezislar yozildi. Ulardan 56 tasi 2023-yilda Respublika ilmiy konferensiyasida chop etilgan.