Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 maydagi “Allergik kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo’yish va davolashni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qaroriga muvofiq 2018 yil 30-iyunda tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib Yevropa allergologlar va klinik immunologlar uyushmasi (EAACI) va Rossiya allergologlar va klinik immunologlar uyushmasi (RAAKI) xalqaro ilmiy jamiyati a’zosi bo’lgan professor Yuldashov Ilhom Ruziyevich tayinlandi.
Kafedra allergologiya, immunologiya va laboratoriya diagnostikasini o’qitish uchun klinik bazalar, zamonaviy uskunalar, o’quv-uslubiy materiallar, profilli ilmiy jurnallar, o’z kutubxonasi va ilmiy axborot elektron ma’lumotlar bazasiga ega.
Kafedraning klinik bazalari: 1-Bolalar shahar kilinik shifoxonasining «Allergologiya» bo’limi, «Allergo Life» xususiy klinikasi,ToshPTI 2-binosi 2-qavat, shuningdek ToshPTI klinikasining bakteriologik laboratoriyasi.
Kafedrada magistratura va klinik ordinatura (3 akademik yil va 2 akademik yil davomidagi) yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olib boriladi.
Kafedrada 2 va 6 kurs (pediatriya, tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakultetlari) bakalavr talabalari, magistr va klinik ordinatorlar tahsil olishadi.
Ilmiy aloqalar Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligining Rossiya fanlar akademiyasi (RAN) Markaziy klinik shifoxonasi va Rossiya pediatrlari ittifoqi, shuningdek, O’zbekiston ilmiy markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o’rnatilgan.