Biofizika, tibbiy informatika kafedrasi professor-o’qituvchilari har yili talabalar ilmiy jamiyatida ishtirok etib kelmoqda. Jumladan 2023 yilda Boifizika, tibbiy informatika kafedrasi dotsenti Urmanova Gulbahor Urinbayevna tomonidan Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, I pediatriya fakulteti, 115-gurux bakalavri, Abdusalomov Javoxir Bozorjon o‘g‘li bilan birgalikda «Tibbiyotda magnitlarning ahamiyati» hamda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, II pediatriya fakulteti 121-gurux bakalavri, Yuldosheva Dilorom Xolbobo qizi bilan birgalikda «Komputer tomografiya» nomli tezislar yozildi.