Toshkent pediatriya tibbiyot institutining fakultet pediatriya kafedrasi 1992 yil 20 avgustda tashkil etilgan. Kafedraga kafedra tashkil etilgan kundan hozirgi kungacha tibbiyot fanlari doktori, professor Muratxo‘jayeva Akida Valievna rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra xodimlari: t.f.d., dotsent Aliev A.L., t.f.n., dotsent Dauksh I.A., t.f.n., dotsent Shoislomova G.S., t.f.n., dotsent, t.f.n., dotsent Tahirova R.N., t.f.n., dotsent Pirnazarova G.Z., PhD, dotsent Axrarova F.M., kafedra assistentlari: Xakimova U.R., Ikramova D.T., Maxkamova Yu. Sh., Ibodullaeva Sh.Yu.
Kafedra doktorantlari: Xodjayeva N.A. (tayanch doktorant - PhD)
Kafedraga mustaqil talabgorlar: Xakimova U.R. (PhD)
Kafedrada “Pediatriya”, “Davolash ishi”, “Tibbiy-biologiya” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3 va 4-kurs talabalari, “Pediatriya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatorlar ham tayyorlanadi.
Kafedraning asosiy klinik bazasi Toshkent shahar 4-shahar bolalar klinik shifoxonasi hisoblanadi.