Kafedraning davolash faoliyatiga mas’ul: tibbiyot fanlari doktori, professor Murathodjaeva A.V.
O‘quv yili davomida kafedra xodimlari 4-Shahar bolalar klinik shifoxonasining klinik bo‘limlari va klinik bazalarida jadval asosida konsultatsiyalar o‘tkazadilar.
Kafedra professor va dotsentlari kardiorevmatologiya bo’limlarida davra suhbatini o’tkazib, og’ir bemorlarga maslahat berishadi.
Kafedra xodimlari har yili “Muruvvat”, 1-sonli nogiron bolalar maktab-internatida xayriya ishlari bilan shug‘ullanib, profilaktik tibbiy ko‘rik o‘tkazishda yordam beradilar.
Kafedra xodimlari tomonidan 4-Shahar bolalar klinik shifoxonasi shifokorlari uchun jadval asosida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinmoqda.
Klinikada o‘tkaziladigan kundalik yig‘ilishlarda kafedra mudiri va barcha xodimlar faol ishtirok etadilar.
2023-yil yanvar oyida “Bo‘limning 2022-yildagi tibbiy faoliyati to‘g‘risida”gi hisoboti tinglandi, natijada kafedraning tibbiy faoliyati klinika rahbariyati tomonidan yuqori baholandi.