O`zbekiston Respublikasida tug’ilish darajasi yuqori bo`lib, har yili o`rtacha 500 mingga yaqin bolalar tug’iladi. Perinatal davrdagi kasallanish esa butun dunyodagi va xususan bizning Respublikamizdagi bolalar o`limini yetakchi sabablardan biri bo`lib qolmoqda. Shuning uchun ham chaqaloqlar kasalliklarini sabablari, erta diagnostikasi hamda davolashni samarali usullarini amaliyotga tadbiq qilish masalalarini izchil o`rganish va neonatolog shifokorlarni tayyorlash maqsadida Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida neonatologiya kafedrasi tashkil qilish zaruriyati tug’ildi.

Alimov2

    Kafedra mudiri Alimov Anvar Valievich 1955 yilda, Toshkent shahrida, ziyolilar oilasida tug’ilgan. 1972 yilda O`rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya institutining 1-kursiga o`qishga qabul qilinib, 1978 yilda ushbu institutning Pediatriya ishi ta`lim yo’nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan, diplom bo`yicha ixtisosligi – shifokor pediatr. Institut Ilmiy Kengash tavsiyasi bilan 1978-80 yillarda O`rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti bolalar jarroxligi kafedrasining bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kursida «Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi» mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinatura o`tgan. 1980-87 yillarda O`rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti bolalar jarroxligi kafedrasining bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kursi katta laboranti, 1987-93 yillarda Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi assistenti, dotsenti, o`quv-uslubiy markaz boshlig’i, pediatriya fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. 1993-94 yillarda O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligining Onalik va bolalikni muxofaza qilish Bosh boshqarmasi boshlig’i, 1994-99 yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fan, ta`lim va ijtimoiy muammo masalalari bo`yicha Davlat Maslaxatchisi xizmatida, yetakchi konsultant lavozimlarida ishlab, 1999 yildan boshlab Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Neonatologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 1982 yilda Moskva shahrida nomzodlik, 1994 yilda Toshkent shahrida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga, 1996 yilda professor ilmiy unvoniga ega bo`lgan. A.V.Alimov muallifligida 80 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 6 ta darslik va mongrafiyalar, 3 ta o`quv va 6 uslubiy qo`llanma, 52 ta maqola chop etilgan. Xozirgi kungacha uning ilmiy rahbarligida 1 ta fan doktori 11 ta fan nomzodi tayyorlangan. Alimov Anvar Valievich – O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vaziri. Xozirgi vaqtga kelib kafedra 12,25 shtatga kengaydi. 2002 yildan kafedrani professor Alimov Anvar Valievich boshqarmoqda. Kafedra xodimlari tarkibini 4 ta dotsent, 7 ta assistent, ulardan 1 tasi falsafa fanlari doktori. Kafedra jamoasi. Asosiy shtatdagi professor-o`qituvchilarning FISH Tug’ilgan yili Lavozimi Stavkasi Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni Qaysi yildan kafedrada ishlaydi Qaysi fanlardan dars beradi 1 2 3 4 5 9 10 12

Sotrydniki

1 Alimov Anvar Valievich 1955 Kafedra mudiri, professor 240s T.F.D professor 2002 Neonatologiya 2 Ismailova Muazzam Asrarovna 1955 Dotsent 1,0 T.f.n., Dotsent 1997 Neonatologiya 3 Gulyamova Muyassar Abdusattarovna 1954 Dotsent 1,0 T.f.n., Dotsent 1997 Neonatologiya 4 Raxmankulova Zuxra Jandarovna. 1955 Dotsent 1,0 T.f.n., Dotsent 1997 Neonatologiya 5 Amizyan Nina Mixaylovna 1953 Dotsent 1,0 T.f.n., dotsent 1997 Neonatologiya 6 Nasirova Umida Firuzovna 1978 Assistent 0,5 T.f.n. 2008 Neonatologiya 7 Yunusova Saida Elbrusovna 1962 Assistent 1,25 T.f.n. 2005 Neonatologiya 8 Borodina Ol’ga Ivanovna 1975 Assistent 1,0 1998 Neonatologiya 9 Abdukadirova Munira Kabulovna 1979 Assistent 1,0 – 2006 Neonatologiya 10 Xodjamova Nargiza Karimovna 1975 Assistent 1,0 – 2008 Neonatologiya 11 Xodjimetova Shaxnoza Xasanovna 1980 Assistent 1,0 – 2006 Neonatologiya O’rindoshlar 1  2 Yakubova Nelya Bekturdievna 1983 Assistent 0,25 – 2012 Neonatologiya