Inson ma’nan va axloqan boy bo‘lib tug‘ilmaydi, shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda ma’naviy-axloqiy tarbiya etakchi o‘rinni egallaydi. O‘quv muassasalarining vazifasi nafaqat mutaxassislarni tayyorlash, balki Vatanimizning buguni va kelajagini aniqlab beradigan har tomonlama etuk, munosib avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Ma’naviy-axloqiy tarbiya nafaqat o‘qituvchilarning, balki ota-onalar va maxallalarning aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy faoliyati bo‘lib, yoshlarda oliy axloqiy boylikni shakllantirishdan iboratdir. Toshkent Pediatriya Tibbiyoti instituti Ambulatoriya tibbiyoti kafedrasida talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash dasturining me’yoriy-xuquqiy va uslubiy asosini institut ma’naviy-axloqiy ishlarning tasdiqlangan rejasi tashkil qiladi. Kafedrada ma’naviy-axloqiy ishlar murabbiylik faoliyati bilan uzviy bog‘langan. Institut rejasi asosida kafedra rejasi tuzilgan bo‘lib, unda talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning maqsad va vazifalari yoritilgan, zamonaviy tarbiyaviy ideal shakllantirilgan. Talabalarni ma’naviy-axloqiy rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari aniqlangan: • Respublikamiz va dunyoda ro‘y berayotgan muhim voqea va hodisalar bilan tanishtirish«Axborot soatlari» ni o‘tkazish.
• Tabiat va atrof-muhitga munosabatni tarbiyalash (ekologik tarbiya);
• O‘zbekiston tarixi bilan tanishtirish (tarixiy va yodgorlik joylariga ekskursiyalar uyushtirish) bilan tanishish;
• Turli mavzularda suhbatlar va diskussiyalar o‘tkazish: «Milliy qahramonlarimiz», «O‘rta Osiyoning buyuk insonlari», «Sog‘lom turmush tarzi madaniyati» va boshqalar.
• Mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealar, davlatimiz bayramlari mazmuni va ahamiyati bilan tanishtirish suhbat jarayoni, «axborot soatlari» ni o‘tkazish, («Nobakorlar qismati», «Akromiylar haqida haqiqat», «Treshina na xrustale» filmlarni tomosha qilish
• Talabalarning musiqa, teatr, rassomchilik, san’atga munosabatini tarbiyalash .
• o‘lkamiz tarixi va madaniyati, xalq ijodi bilan tanishtirish (suhbatlar o‘tkazish, filmlar tomosha qilish, ijodiy ko‘riklar bayramlar o‘tkazish);
• Talabalarni axloq-odobning asosiy qoidalari bilan tanishtirish. Bu qoidalarni talabalar yoddan bilmoqlari va unga qat’iy rioya qilmoqlari hamda o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan qattiq nazoratga olinishi lozim.
«Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi qabul qilindi
Prezident «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturini tasdiqladi. U yoshlar biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 27 iyundan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi tasdiqlandi. U Yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan.
Dastur Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani va Toshkentning Chilonzor tumanida boshlangan bo‘lib, 1 iyuldan mamlakatning barcha tuman va shaharlarida joriy etila boshlanadi.
Dasturdan o‘rin olgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Uning mablag‘lari yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish, Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar bo‘yicha kredit hajmining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafilliklar berishga sarflanadi.
Shuningdek, jamg‘arma mablag‘lari Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamg‘arma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish, tegishli ko‘nikmalarga ega band bo‘lmagan yoshlar yashaydigan uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko‘maklashish hamda yoshlarning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularga biznes yuritish ko‘nikmalarini singdirishga yo‘naltiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik shartlarida yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan ta’minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha ko‘mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil etish uchun «Yosh tadbirkorlar» kovorking-markazlarini qurish ko‘zda tutilgan.
Savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod bo‘lgan tumanlarda «Yoshlar mehnat guzari» komplekslarini qurish belgilandi.
Tumanlar va shaharlarda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokimlar o‘rinbosari boshchiligida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish komissiyalari tuziladi.
Buyruq-244-24.04.2017-Sulaymonov