Kafedrada 1 va 2 kurs talabalari tahsil olishadi. 1-kurs: lotin, rus va o‘zbek tillari. 2-kurs – Badiiy adabiyotda tibbiyot fanlaidan dars olishadi. Davomat 96%, lotin tilida o‘quv ko‘rsatkichlari 75%, rus tili 72%, o‘zbek tili 89% tashkil etadi. Amaliy mashg‘ulotlar uchun tarqatma materiallar tayyorlangan. Multimedia dasturi uchun tadbirlar ishlab chiqilgan. Ochiq va ko‘rgazmali darslar o‘tkaziladi, ular kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilinadi. Kafedra mudiri o‘qituvchilarning darslarida qatnashadi, so‘ngra dars bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildiradi.