Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining teri va tanosil kasaliklar kafedrasi 1972 yil 20 avgustda tashkil topgan. Uning birinchi mudiri va asoschisi Professor Sulaymonov Karim Sulaymonovich(1972-1989) bo’lgan. 1989-2009 yillarda kafedrani professor Shodiev Hakim Qayumovich boshqarganla. 2009 yilgdan bugungi kungacha professor Mannonov Abdushukur Malikovich kafedraga rahbarlik qilmoqdalar. Xozirgi kunda kafedrada quyidagi xodimlar faoliyat yuritmoqdalar: Prof. Abdullaev M.I., prof. Yuldashev M.A., dotsent Xaitov K.N., dotsent Rixsiev U.Sh., ass t.f.n Xodjaeva S.M., ass Bobobekova N.B., Nabieva D.D., Babajonov O.A., Mun A.V., Akhrarov Kh.Kh., Adilgereeva M.I., Valiev A.A., kabinet mudiri Pulatova S.H.

Kafedrada 4 kurs pediatriya ishi, davolash ishi va kasbiy pediatriya fakulteti talabalari “Teri va tanosil kasalliklar” fani boyicha o’tishadi . Kafedrada “Epidemiologiya, patogenez, klinika, yangi davolash uslublarini qo’llash, O’zbekiston Respublikasida bolalarning surunkali va tug’ma teri kasalliklari profilaktikasi” shu mustahkamlashtirilgan ilmiy mavzular bo’yicha dars o’tiladi. Bizning ilmiy-pedagokik amaliyotimizda respublika iqtisoslashtirilgan ilmiy amaliy teri va tanosil kasallikar markazi. Respublika iqtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya markazi , Respublika perinatal markazlari bilan ish yuriladi . Toshkent meditsina akademiyasi kafedrasi , Malaka oshirish instituti kafedrasi , Yevropa Dermatalogiya va Veneralogiya Akademiyasi (EADV) , TSKVI MZ RF. Shular bilan hamkorlik qiladi . Kafedra hodimlari bolalar dermatalogiyasidan uslubiy tavsiyanomalar va o’quv qollanmalar ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqdalar. Ushbu kungacha 40 dan ziyod uslubiy tafsiyanomalar va 3 ta monagrafiya, 1 darslik  chop etilgan. Undan tashqari kafedra hodimlari faol xalqaro konferensiyalarda , kongresslarda va simpoziumlarda ishtirok etishadi.