Teri va tanosil kasalliklari, bolalar teri va tanosil kasalliklari va OITS fanidan o’quv dasturi barcha fakultet 4 kurs (I, II-pediatriya, tibbiy-pedagogik va davolash fakultetlari), 3 kurs (I, II-pediatriya) talabalar ta’lim sifatini  yaxshilash uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligida tasdiqdan utgan fan dasturi asosida tasdiqlandi.

«Teri va tanosil kasalliklari» fanidan (o’zbek va rus tillarida) 12 video ma’ruzalar, shuningdek, har bir ma’ruzaga 30 test, umumiy 210 testlar tayyorlangan. Mavzular bo’yicha 17 ta mashgulotga 80 tadan testlar umumiy 3040 ta test savollari ishlab chiqarilgan, 10 tadan vaziyatli masalar va har bir mavzu bo’yicha 20 tadan og’zaki va yakuniy savollar (rus va o’zbek tillarida) tuzildi.  

2020-2021 o’quv yiliga o’quv uslubiy majmua va ishchi o’quv dasturi qaytadan ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 2020  yilda 4 ta o’quv uslubiy qo’llanma tayyorlandi.