«Rentgenologiya va radiologiya» kafedrasi 1972 yil O’rta Osiyo Pediatriya Tibbiyot instituti klinikasi qoshida tashkil topgan bo’lib, kafedra asoschisi – professor Тal’at Мirzaevich Mirzaev. 2000 yildan «Nur diagnostikasi va terapiyasi» kursi etib tayinlangan bo’lib, uni dotsent Lobar Hamidovna Rasuleva boshqargan. 2005 yildan kurs «Umumiy xirurgiya» kafedrasi tarkibida bo’lgan. 2007 yildan buyon kursni dotsent Gulnora Akmalovna Yusupalieva boshqarib kelmoqda. 2008 yildan kurs «Travmatologiya, ortopediya, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi, neyroxirurgiya, nur diagnostikasi va terapiyasi» kafedrasi tarkibida bo’lgan. 2010 yildan «Аmbulator tibbiyot, nur diagnostikasi va terapiyasi» kafedrasi tarkibida bo’lgan. 2017 yil sentabr oyidan t.f.d. G.A. Yusupaliyeva boshchiligida «Tibbiy radiologiya» kafedrasi shakllantirildi.
Kafedra zamonaviy kompyuter texnologiyalari va diagnostik apparatlar bilan jixozlangan.