O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Ëshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2001 yil 25 aprel kunidan o‘z faoliyatini yuritgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi» etib qayta tashkil etildi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti 2017 yil 12 sentabrdagi 01-sonli boshlang‘ich tashkilotning ta’sis yig‘ilishida tashkil etilgan va 2017 yil 4 oktyabrda O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Yunusobod tuman Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2017 yil 2 oktyabrdagi 01-04/2-sonli qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining yuqoridagi hujjatlari asosida 14/192/004-sonli guvohnoma berildi.
Shu yildan boshlab institutimizda ham 2001 yildan faoliyat yuritgan «Kamolot» YOIHning boshlang‘ich tashkiloti O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti etib qayta tashkil etildi. Uning yetakchisi etib A.A.Nasirov saylandi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida birlamchi oraginzatsiya yetakchisi sifatida ishlagan shaxslar:
1996-2001 yillar Asomov Mahmud Sunnatullayevich;
2001-2003 yillar Zufarov Dilmurod Rixsibayevich;
2003-2006 yillar Imomov Sobir Turaqulovich;
2006-2007 yillar Zufarov Dilmurod Rixsibayevich;
2007-2012 yillar Imomov Sobir Turaqulovich;
2012-2019 yillar Nasirov Abdulaziz Axmatullayevich.
2019 yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi sifatida Teri-tanosil kasalliklar, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi assistenti Abidov Xasanxodja Alisherovich faoliyat yurtmoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.
Hozirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi – institut rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida Teri-tanosil kasalliklari, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasining assistenti X.A. Abidov ishlamoqda.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent pediatriya tibbiyot institutidagi boshlang‘ich tashkiloti o‘z tarkibida 6000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan holda quyidagi 14 yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda:
- Intellektual loyihalar
- 5 ta tashabbus bo‘yicha loyihalar
- Biznes va innovatsion loyihalar
- Harbiy-vatanparvarlik loyihalari
- «Yoshlar daftari» va metsenatlik dasturlari loyihalari
- Talaba-qizlarning loyihalari