2023 yil

2023 yil «14-yanvar – Vatan ximoyachilari kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri

ToshPTI ma’muriyati va xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 2023 yil 12-yanvar kuni «Vatan ximoyachilari kuni» munosabati bayram tadbiri o‘tkazilindi.

Bayram tadbirda zaxiradagi p-k Ajimuratov A.Q., zaxiradagi p/p lar Raxmatov T.E., Mamadjanov N.A., Abduraxmanov E.Q., Taxirov E.Q., Taxirov D.Q., mayor Shoymardanov O‘.B., ToshPTI II-boshlig‘i p/p Boqiyev K.X., ToshPTI fuqorolar kursi katta o‘qituvchisi p/p Ochilov B.O‘., p-k Xudayberganov Z.R., p/p Xoliqov E.O. va mehnat faxriylaridan Vasilev V.D. va Djalilov A.A. lar, o‘quv ishlari prorektori, dots.nt Xaitov Q.N., yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Axmedova M.A. va kasaba uyushmasi raisi Mannanov A.M. lar qatnashdilar.

Bayram tadbirini dots. Xaitov Q.N. ochib berdi, ishtirokchilarni dots. Axmedova M.A. lar tabrikladilar, ishtirokchilardan p-k Ajimuradov A.Q., p/p Raxmatov T.E. va p/p Taxirov E.Q. lar taklif uchun o‘z minnatdorchiliklarini izxor qildilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sovg‘alar berildi va esdalik uchun rasmga tushirildi.

8 mart Xalqaro xotin–qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir

2023 yil 6-mart kuni 8 mart «Xalqaro xotin–qizlar kuni» ga bag‘ishlangan bayram tadbirini o‘tkazilindi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Axmedova, davolash ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Djalilov, Xotin-qizlar qo‘mitasi b/t raisi D.A.Usta-Azizova, Xodimlar kasaba uyushmasi raisi A.M.Mannonov, “Adolat” partiyasi Yunusobod tumani raisi, referent A.A.Nosirov lar va institutning barcha kafedra ayol professor – o‘qituvchilari, xodimlari ishtirok etishdi.

Davolash ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Djalilov va Xodimlar kasaba uyushmasi raislari A.M.Mannonovlar barcha ayol xotin-qizlarni bayram tadbiri bilan qutladilar.

Institutning 150 dan ortiq faol ayol professor–o‘qituvchilari va xodimlariga institut xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Bundan tashqari 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Mo‘tabar ayol” nomli konsert dasturiga 150 ta xotin-qiz xodimlarga bepul chiptalar berildi. Bayram tadbirini badiiy qismi institut fayesida kuy-qo‘shiqlar sadosida davom etdi. Taniqli xonandalar tomonidan sho‘x kuy-qo‘shiqlar bilan bayram kayfiyati ulashdilar.

Xodimlar KU ning 2022 yil bo‘yicha xisoboti

2023 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent pediatriya tibbiyot institutida mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan institut ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini 2022 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining 1-sonli umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rektori professor Daminov B.T., yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Axmedova M.A. hamda 2077 KU a’zolaridan vakil sifatida (25 nafar KU a’zosidan 1 ta delegat tayinlangan) 80 nafari ishtirok etdilar.

ToshPTI rektori Daminov B.T. 2022 yil davomida jamoa shartnomasida belgilangan ish beruvchining majburiyatlarining bajarilishi hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

So‘ng Xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Mannanov A.M. – kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2022 yil davomidagi faoliyati haqida hisobot berdi.

Jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya raisi Mardonov X.M. ToshPTI ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini 2022 yilda bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Ish beruvchi va kasaba uyushmasi o‘rtasidagi jamoa shartnomasi mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida ma’qullangan bo‘lib jami 16 ta bo‘limning 163 ta bandi bajarilganligi qayd etildi. Yig‘ilish yakunida KU faoliyati qoniqarli deb baholandi va tegishli qaror qabul qilindi.

Buxoro shaxriga turistik sayoxat tadbiri

2023 yil 6-7 may kunlari ToshPTI ishchi-xizmatchilaridan iborat 11 ta xodimga Xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan “Buxoro” shaxriga turistik sayoxat tadbiri uyushtirdi, shaxarning tarixiy obidalarini ziyorat qilish va madaniy xordiq chiqarishlari uchun yuborildilar. Ushbu tadbir uchun kasaba uyushmasi 14 630 000 so‘mlik mablag‘lar ajratdi.

9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir

“9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 2023 yil 8-may kuni “Inson aziz-xotira barxayot” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Afg‘on urushi faxriylari teri-tanosil kasalliklari kafedrasi dots.nti Rixsiyev U.Sh., Akademik litsey direktori, professor Ishonqulov O.I., Anesteziologiya va renimatologiya kafedrasining assistenti Xaydarov M.B., va ushbu bo‘lim shifokorlari Shakirov M.U., Abdurahmonov X.V. lar, bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasining mudiri, professor Kosimov I.A., allergologiya kafedrasining dots.nti Abdullayev N.Ch. lar xamda Yunusobod tumani “Bobodehqon” mahallasidan Nosirov Sh.D., “Uvaysiy” mahallasidan Abdusalyamov A.S., “Shoshtepa” mahallasidan Maxmudov M.T. lar qatnashdilar. Tadbirda institut faxriylaridan gistologiya kafedrasining professori Tursunov E.O., jismoniy tarbiya kursi mudiri Vasilev V.D., klinika bosh shifokori Djalilov A.A., Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Axmedova M.A., o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor dots.nt K.N.Xaitovlar qatnashdilar.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor K.N.Xaitov va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari Axmedova M.A. lar so‘zga chiqib Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘, o‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatligi to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

Yunusobod tumani “Bobodehqon” mahallasidan Afg‘on urushi qatnashchisi Nosirov Sh.D. afg‘on urishida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini ko‘zlarida yosh bilan yod etib, ishtirokchilarga urushdagi mashaqqatlarni, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yengib, o‘zligini yo‘qotmagan xizmatdoshlarini esladi, xalok bo‘lgan do‘stlarini xotirasini yod etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni institutda tashkil etilgan muzey bilan tanishtirildi, iqtidorli talabalar tomonidan she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, ishtirokchi-faxriylarga xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

MK ning yangi taxriri muxokamasi bo‘yicha tadbir

ToshPTI kasaba uyushmasi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi Mexnat Kodeksini qabul qilinishi munosabati bilan 2021-2023 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan muassasa ishchi-xodimlari bilan 2023 yil 16-may kuni muzokaralar olib borish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Toshkent shaxar sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi mexnat va mexnatni muxofoza qilish bo‘yicha katta mutaxassisi Qosimov Muxiddin Murodjonovich, ToshPTI KU qumitasinining 7 ta va uyushmaning joylardagi a’zolaridan 70 ta vakillar qatnashdilar.

Ish beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 49-moddasiga binoan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni qabul qilish uchun tegishli vakolatlarga ega bo‘lgan, har tarafdan uch nafar vakillardan iborat ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuzildi. Muassasa va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan muzokaralar olib borish borasida komissiya yig‘ilishda o‘z ishini olib bordi.

Jamoa shartnomasiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi yig‘ilishni 12/6-sonli bayonnomasiga ilova shaklida rasmiylashtirildi va ma’lumot uchun qabul qilindi.

2023 yil Ijtimoiy ximoya bo‘yicha tadbir

ToshPTI xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan institutda mexnat qilayotgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj bo‘lgan xodimlar axvoli reja asosida oyma-oy o‘rganilib chiqildi, xamda ularni arizalariga asosan 113 ta xodimga 38 400 000 so‘mlik moddiy yordam pullari berildi. 9 ta xodimni sog‘lig‘ini tiklash maqsadida Respublika oromgoxlari va sihatgohlariga ijtimoiy sug‘urta xisobidan 24 ta, KU a’zolik badallaridan 9 ta jami 33 ta imtiyozli yo‘llanmalar berildi. Xodimlarning farzandlariga uchun esa sog‘lomlashtirish oromgoxlariga 4 ta imtiyozli yo‘llanmalar berildi.

2023 yil 1-iyun bolalarni ximoya qilish kuni tadbiri

“1-iyun bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan 176 ta xodim farzandlari uchun “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazilgan tadbirga bepul chiptalar berildi. “1-iyun bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan 400 ta professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar farzandlari uchun 48 000 000 so‘mlik “Maktab o‘quv qurollari to‘plami” bepul olib berildi. Bayram munosabati bilan “Kinochilar uyiga” bayram tadbiriga bepul 30 chiptalar tarqatildi. Iyun oyida “Turkiston” saroyiga “Yoz o‘tmoqda soz” nomli konsert dasturiga 104 ta xodimga bepul chiptalar berildi

ToshPTI Kasaba Uyushmasi munosib taqdirlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o’tkazilgan O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari tizimida «Eng namumnali boshlang’ich tashkilot» Respublika ko’rik-tanlovining Toshkent shahr bosqichida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Xodimlari Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti 3-o’rinni egalladi.

Shu munosabat bilan, 2023 il 31 iyul kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida bo’lib o’tgan tadbirda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Xodimlar Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti raisi A.M.Mannanovga tantanali ravishda 3-darajali diplom opshirildi.

2018 yil

Yanvar
14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan institutimizning sobiq Xarbiy kafedrasi xodimlari uchun bayram tadbiri utkazildi. Bayramga tashrif buyurgan 12 ta xodimlarimizga bayram sovg’alari taqdim etildi.

Fevral
Fevral oyida klinika xodimlaridan yozgan arizalariga muvofik 11 nafariga moddiy yordam plastik kartochka orqali berildi.

Mart
8 mart – Xotin kizlar kuni munosabati bilan Klinika, Ona va bola skrining markazi va institutimiz bo’lim va kafedralarning ayol xodimalaridan 110 nafariga qimmatbaxo sovg’alar taqdim etildi.
Institut xodimlaridan yozgan arizalariga muvofik 14 nafariga moddiy yordam plastik kartochka orqali berildi. Xodimlarimizdan 2 nafarining oila a’zolari uchun 2 ta va klinika xodimi uchun 1 ta «Turon» sihatgohiga sixatgoxiga yo’llanma sog’liklarini tiklash uchun berildi. (3 ta )

Aprel
2018 yil  15 aprel kuni “Go’zalsan, betakrorsan ona Vatanim!” mavzusiga bag’ishlangan “Istiqlol” san’at saroyidagi kontsert dasturiga 107 ta bolalar shifohonasi va Respublika Skrinning markazi hodimlariga bepul chiptalar berildi.
Kasaba uyushmaning 16 ta ishchi-hodimlariga ularni arizalariga asosan moddiy yordam ko’rsatildi.
“Hotira va qadrash kuni” 9 may kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazilindi va 14 ta fahriy ishtirokchilarga bayram sovg’alari topshirildi.
ToshPTI bolalar shifohonasining 39 hodimi ichki turizm yo’nalishi bo’yicha Samarqand shahriga imtiyozli yo’llanmalar bilan 1 kunlik sayohat uyushtirildi.

May
“Hamshiralar kuni”  munosabati bilan A.Navoiy nomli san’at saroyiga 30 ta hodimlarga bepul chiptalar berildi.
2-3 iyun kunlari “Turkiston” san’at saroyiga bo’lib o’tadigan “Bolalarni himoya qilish kuni” ga bag’ishlangan tamoshalarga bolalar shifohonasi hodimlari farzandlari uchun 300 ta bepul chiptalar berildi.
Kasaba uyushmaning 18 ta ishchi-hodimlariga (institutdan-12ta, shifohonadan-6ta) ularni arizalariga asosan moddiy yordam ko’rsatildi.
Kasaba uyushmasining 2 ta hodimi oila a’zosi uchun imtiyozli (1938640 so’mlik, Federatsiya orqali) yo’llanmalar berildi.

Iyun
Kasaba uyushmaning 10 ta ishchi-hodimiga ularni arizalariga asosan moddiy yordam ko’rsatildi.
Kasaba uyushmaning 1 hodimiga “Ugam” dam olish oromgohiga imtiyozli (990000 so’mlik, Federatsiya orqali) yo’llanma berildi. .

Iyul
O’z sog’liqlarini tiklash maqsadida bo’lgan 25 hodimga “Yunus-Obod” suv saroyiga imtiyozli chiptalar berildi.
Kasaba uyushmaning 13 ta ishchi-hodimlariga ularni arizalariga asosan moddiy yordam ko’rsatildi.
Kasaba uyushmaning 9 ta a’zosiga Respublikaning dam olish oromgohlari va sihatgohlariga (Botanika 1, Chortoq 2, Oqtosh 2, Zomin 2, Chimyon 1 va  Buston 1) imtiyozli yo’llanmalar berildi.

Avgust
Kasaba uyushmaning 13 ta ishchi-hodimiga ularni arizalariga asosan moddiy yordam ko’rsatildi.
Kasaba uyushmaning 4 ta a’zosiga Respublikaning dam olish oromgohlari va sihatgohlariga (Chortoq 1, Chimyon 1, Buston 1 va Oqtosh ) imtiyozli yo’llanmalar berildi.

Sentyabr
Kasaba uyushmaning 8 ta ishchi-hodimiga ularni arizalariga asosan moddiy yordam ko’rsatildi.
“Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazilindi va 112 ta o’qituvchi-professor hodimlari bayram sovg’alari bilan taqdirlandilar, hamda 200 ta o’qituvchi-professor hodimlarga Xalqlar do’stligi saroyiga “Siz mehribonsiz, mu’tabar va aziz ustozlar” mavzusidagi bayram kontsertga 200 ta bepul chiptalar berildi.

Oktabr
Respublika «Ona va Bola» skrining markazining 1 ta ishchi-hodimiga ularning arizalariga ko’ra moddiy yordam ko’rsatildi

Noyabr
ToshPTI institutining 14 ta ishchi-hodimiga ularning arizalariga ko’ra moddiy yordam ko’rsatildi.
ToshPTI klinikasining 13 ta ishchi-hodimiga ularning arizalariga ko’ra moddiy yordam ko’rsatildi.

Yanvar 2019
2019 – yil 12-yanvar kuni “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o’tqazilindi va 12 ta faxriylarga qimmatbaho sovg’alar topshirildi

Fevral
2019 yil 5-7 fevral kunlari “Xalqaro mehnat tashkiloti” MOT (ITC) o’quv seminari bo’lib o’tdi. Seminar ishida ToshPTI KU raisi Mannanov A.M. qatnashdi
2019 – yil 28-fevral kuni ToshPTI hodimlari kasaba uyushmasining 2018-yil uchun hamda “Jamoa shartnoma”sining bandlarini bajarilishi bo’yicha yillik hisobotiga bag’ishlangan majlis bo’lib o’tdi


Mart
2019-yil 6-mart kuni “8-mart Xalqaro hotin-qizlar kuni”ga bag’ishlangan tantanai bayram tadbiri o’tkazilindi, hamda institutning 120 hotin-qiz, ishchi-hodim va o’qituvchi professorlariga qimmatbaho sovg’alar topshirildi
2019-yil 20-21-22-mart kunlari ichki turizm davrasida tashkillashtirilgan  “Toshkent-Urgench-Hiva-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha turistik sayohatga institutning 36-ta ishchi –hodim va professor – o’qituvchilari yuborildilar.