Hurmatli talabalar!

Xabaringiz bor, joriy yilning fevral oyida institutimiz rektori tomonidan Toshkent pediatriya tibiyot institute talabalarini moddiy rag’batlantirish to’g’risida buyruqni imzolagan edi. Ushbu buyuqga muvofiq endi institutda alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo’lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, xalqaro va respublika miqyosida o’tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g’oliblari bo’lgan davlat granti va to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalarni belgilangan stipendiyalariga nisbatan semestr mobaynida foizlik yoki bir martalik to’lov orqali qo’shimcha ravishda rag’batlantirish imkoni paydo bo’ldi.

Shu munosabat bilan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2019/2020 o’quv yilining 2-chi semestri natijalariga ko’ra talabalarni moddiy rag’batlantirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Agar siz institut tomonidan rag’batlantirilishingizni hohlasangiz quyidagi havola orqali onlayn shaklni to’ldiring va kerakli bo’lgan hujjatlaringizni taqdim etib stipendiyaga qo’shimcha ravishda ustamaga ega bo’ling:
https://forms.gle/XWPj8bPxykgaBjXB6

Moddiy rag’batlanishga da’vogar talaba 2019/2020 o’quv yilining 2 semestri yakuni bo’yicha maxsus havola orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
1. Rektor nomiga ariza (PDF formatida, talaba tomonidan imzolangan holda yuklansin);
2. Pasport nusxasi (PDF formatida, rangli holatda yuklansin);
3. Reyting daftarchasi nusxasi (PDF formatida, faqat 1-2 chi varaqlar va 2019/2020 o’quv yilining 2 semestri varaqi to’ldirilgan va 1 faylga jamlangan holda yuklansin);
4. Anketa (PDF formatida, to’ldirilgan va talaba tomonidan imzolangan holda yuklansin);
5. Mezonlar jadvali (PDF formatida, to’ldirilgan va talaba tomonidan imzolangan holda yuklansin);
6. Moddiy rag’batlanishga da’vogar talabaga beriladigan ustaman asoslovchi hujjatlarning nusxalari (sertifikat, diplom, maqolalar, tezislar va h.q.) (PDF formatida, 1 ta faylga jamlangan va rangli holatda yuklansin);
7. Talabalar Kengashining tavsiyanomasi (PDF formatida, to’ldirilgan va imzolangan holda yuklansin).

Ushbu onlayn shaklni to’ldirishda talabalar elektron pochta manzilini to’g’ri ko’rsatishlari zarur, chunki ushbu shaklni to’ldirilganidan so’ng, ko’rsatilgan elektron pochta manziliga anketani to’ldirganligi va talabaning hujjatlarini qabul qilganligi to’g’risida xat yuboriladi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarning to’ldirilmagan elektron nusxalarini hamda na’munaviy to’ldirilgan nusxalarini fakultetlar dekanatlari yoki institutining rasmiy veb-sayti orqali yuklab olishingiz mumkin:

Yuklanadigan fayllar nomini qo’yishda quyidagi qoidaga rioya qilish zarur: F.I.SH._fayl nomi

Na’muna:
– Ariza – Abdullaev A.A._ariza
– Pasport – Abdullaev A.A._pasport
– Reyting daftarchasi – Abdullaev A.A._reyting
– Anketa – Abdullaev A.A._anketa
– Mezon – Abdullaev A.A._mezon
– Sertifikat/diplom – Abdullaev A.A._sertifikat/diplom
– Maqola/tezis – Abdullaev A.A._maqola/tezis
– Tavsiyanima – Abdullaev A.A._tavsiyanoma

Rag’batlantirish uchun ariza va hujjatlar 2020 yil 27 oktyabr kunidan 1 noyabrga qadar qabul qilinadi.

Talabalarni rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan barcha savollarga batafsil javoblar fakultetlar dekanatlari, Talabalar Kengashi va Yoshlar Itifoqi boshlang’sich tashkilotida yoki maxsus Telegram bot orqali beriladi:
t.me/studentsuniontashpmi_bot

Izoh: * – hujjatlarni topshirishda talaba taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgardir. Agar ma’lumot va/yoki hujjatlar soxtalashtirilgan bo’lsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq talabaga nisbatan jarimalar qo’llaniladi.

Quyida stipendiyaga ustama olish uchun hujjatlarni topshirish bo’yicha bosqichma-bosqich yo’riqnoma keltiriladi

1. Talaba hujjatlarning to’ldirilgan namunalarini (anketa, ariza, mezon va tavsiyalar) institutning rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali o’rganib chiqishi va yuqoridagi hujjatlarni qanday qilib to’g’ri to’ldirishni tushunishi zarur:
https://tashpmi.uz/2020/10/obyavlen-konkurs-dlya-materialnogo-pooshhreniya-studentov/

2. Talaba hujjatlarning to’ldirilmagan elektron nusxalarini (anketa, anketa, mezon va tavsiyalar) institutning rasmiy veb-saytidan quyidagi havola orqali yuklab olishi zarur:
https://tashpmi.uz/2020/10/obyavlen-konkurs-dlya-materialnogo-pooshhreniya-studentov/

3. Rektor nomiga ariza – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– rektor nomiga yuklab qo’yilgan arizaning elektron nusxasini to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab o’z ma’lumotlaringiz bilan to’ldiring;
– uni chop eting;
– sanani qo’ying;
– hujjatga imzo cheking;
– PDF formatida skaner qiling;
– faylni to’g’ri nomlang;
– onlayn shaklga yuklang.

4. Pasport nusxasi – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– PDF formatida skaner qiling;
– faylni to’g’ri nomlang;
– onlayn shaklga yuklang.

5. Reyting daftarchasining nusxasi – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– fan, o’qish soatlari, ballar, reyting, o’qituvchining F.I.SH. va sana ko’rsatilgan holda reyting daftarchasini to’ldiring;
– 1-2-beti  va 2019/2020 o’quv yilining 2-semestrining sahifasini PDF formatida skaner qiling;
– barcha skaner qilingan sahifalarni 1 ta PDF faylga birlashtiring;
– faylni to’g’ri nomlang;
– onlayn shaklga yuklang.

6. Ariza – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– arizani to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab o’z ma’lumotlaringiz bilan to’ldiring;
– uni chop eting;
– 3×4 sm o’lchamdagi rasmingizni yopishtiring;
– hujjatga imzo cheking;
– PDF formatida skaner qiling;
– faylni to’g’ri nomlang;
– onlayn shaklga yuklang.

7. Mezonlar jadvali – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– moddiy rag’batlantirish uchun asos bo’lgan mavjud hujjatlarga muvofiq to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab mezonlar jadvalida ustama miqdorini belgilaydigan maydonni va tegishli bandlarni ma’lumotlar bilan to’ldiring;
– uni chop eting;
– hujjatga imzo cheking;
– PDF formatida skaner qiling;
– barcha skaner qilingan sahifalarni 1 ta PDF faylga birlashtiring;
– faylni to’g’ri nomlang;
– onlayn shaklga yuklang.

8. Stipendiya qo’shimchasini olish uchun asos bo’lgan hujjatlar nusxalari – talaba:
– PDF formatida skaner qiling;
– faylni (larni) to’g’ri nomlang;
– onlayn shaklga yuklang.

9. Talaba kengashining tavsiyasi – talaba quyidagilarni bajarishi kerak:
– o’z g’alaba va yutuqlaringizni ko’tsatib o’tgan holda to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab o’z nomingizga tavsiyanoma yozing;
– talabalar kengashi raisi va fakultet talabalar kengashi raisini to’g’ri ko’rsatib o’ting;
– uni chop eting;
– PDF formatida skaner qiling;
– fakultet talabalar kengashiga murojaat qiling va hujjatni o’rganish natijalari bo’yicha tavsiyanomani imzolashni so’rang;
– tavsiyanomaning imzolangan nusxasini yuklab oling;
– PDF formatida skaner qiling;
– faylni to’g’ri nomlang;
– onlayn shaklga yuklang.

10. Onlayn shaklning barcha maydonlarini to’ldirgandan so’ng «Yuborish» tugmasini bosing.

11. Talaba tomonidan ko’rsatilgan pochta manzilini tekshiring va shaklni to’ldirganligi va hujjatlaringiz qabul qilganligi to’g’risida xatni yuklab oling.

12. Institutdan qayta aloqani kuting va aloqada bo’ling.