Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi milliy ta’lim dasturlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o‘quv jarayoni sifatining oshirilishini, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limga oid Farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat va tahlilini olib boradi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay’at va Institut Kengash qarorlari, vazirlik va institut bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda qo‘rib chiqilishini nazorat va taxlilini o‘tkazadi,  aniqlangan kamchiliklar, muammolarni bartaraf va hal etish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etadi. Ijro intizomi buzilgan xolatlarda institu rahbariyatiga intizomiy choralar ko‘rish taklifini kiritadi.

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga davriy ravishda hisobot berib boradi.