Ichki nazorat inspeksiya bo‘limi 1997 yilda davlat ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini sifatini nazorat qilish, kadrlar tayerlash sifatini yaxshilash, ta’limni takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Shu bilan birga Ichki nazorat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini, yuqori tashkilotlar buyruklari, topshiriqlarini  ijrosini monitoringini o‘tkazish, fuqarolarning murojatlari bilan ishlash, ijro intizomini mustaxkamlash,  bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Bo‘lim tashkil topganidan buyon nomi bir necha marotaba o‘zgargan: 1997-2001 yillarda “Ichki nazorat inspeksiyasi bo‘limi”, 2001-2020 yillarda  – “Ichki nazorat va monitoring bo‘limi”, 2020 yildan xozirgi vaqtgacha “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi” deb nomlangan.

25 yillik davr mobaynida bo‘limga qo‘yidagi xodimlar  raxbarlik qilgan:

1997-2001 yillar
Ichki nazorat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i, dotsent Maxmudova L.U.
2001-2002 yillar
Ichki nazorat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i, dotsent Djubatova R.S.
2002-2010 yillar
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i, dotsent Daminova M.N
2010-2019 yillar
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i dotsent Maxkamova G.G.
2019-2020 yillar
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i professor T.S. Agzamxodjaev
2020 yildan hozirgi vaqtgacha Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i professor Ruziev Sh.I.