Ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘linmasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruvi organlari me’yoriy-huquqiy hujjatlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi xalqaro bitimlar, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ustavi, rektor buyruqlari va farmoyishlari, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ichki tartib-qoidalari, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma to‘g‘risida”gi Nizomi va institutning boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tijoratlashtirish bo‘linmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
– tizimli ravishda bozorni tahlil qilish va innovasion mahsulotlarga (ishlar, xizmatlar) bo‘lgan talab, innovasion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qoplash muddatini baholash, rentabellik va risklarni o‘rganish;
– yuqori tijorat salohiyatiga ega va realizasiya qilish uchun tayyor bo‘lgan istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
– innovasion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
– yangi texnologiyalar va innovasion mahsulotlarni ishlab chiqishni joriy qilish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovasiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish:
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovasiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bank-moliya tizimi va xususiy sektor korxonalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Respublikamizning tibbiyot korxonalari faoliyatiga joriy etish orqali innovasion ishlanmasini tijoratlashtirishdan institut innovasion jamg‘armasiga 357,0 mln.so‘m mablag‘ kelib tushdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga joriy etish orqali innovasion ishlanmasini tijoratlashtirishdan institut innovasion jamg‘armasiga 190,6 mln.so‘m mablag‘ kelib tushdi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga innovasion xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalaridan institut innovasion jamg‘armasiga 558,0 mln.so‘m mablag‘ kelib tushdi.