Ilmiy kadrlar tayyorlash bo’limi 1972 yilda tashkil topgan. 2005 yilda O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining № 07G`8-68 – sonli topshirigi va 2005 yil 25 avgustdagi № 8G`7-04-127 sonli modеmogramma asosida ilmiy va ilmiy pеdagogik – kadrlar tayyorlash bo’limi dеb hisoblanadi. Hozirgi kunda esa Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi deb ataladi.
ToshPTIning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari
Institutda tibbiyot sohasida, ayniqsa pediatriya yo‘nalishidagi dolzarb ilmiy va amaliy muammolaridan kelib chiqib barcha teoretik va klinik kafedralarning ilmiy yo‘nalishlari ustuvor muammolarga bag‘ishlangan va O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
ToshPTI tomonidan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlariO’zbekistondagi fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy dolzarb yo‘nalishlariga mos ravishda amalga oshirilgan hamda quyidagi vazifalarni yechishga yo‘naltirilgan, jumladan:
– Sog‘liqni saqlash sohasida davolash-tashxislash jarayonlarni boshqarishda foydalanish uchun yagona axborot texnologiyasi tizimini va elektron hujjat tarmoqlarini yaratish;
– Axborot texnologiyalari, bashoratli va matematik modellashtirish yordamida profilaktik sog‘liqni saqlash modeliga o‘tish ilmiy asoslarini ishlab chiqish, nazorat va o‘qitish yo‘llarini takomillashtirish;
– Yangi tibbiy va tashxis uskunalarning turlarini (vositalar, qurilmalar, uskunalar, test tizimlari va boshqalar) va biologik implantlarni, shuningdek noinvaziv yoki minimal invaziv usullardan foydalanish uchun yangi texnologiyalarini yaratish;
– Homiladorlik va tug‘ish patologiyalari, bolalar va kattalarda ijtimoiy ahamiyatga ega yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning patologik alomatlarini preklinik va erta bosqichlarda oldindan aniqlash maqsadida skrining diagnostika usullarini yaratish;
– Reproduktiv va klimakterik davrdagi ayollarning hamda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarning salomatligini muhofaza qilish uchun samarali texnologiyalarni ishlab chiqish;
– Organizmning individual reaktivligi (genetik, immunologik, biokimyoviy va boshqa) va rezistentligini hisobga olgan holda inson salomatligiga ekologik, ishlab chiqarish, alimentar va meteo-bog‘liq omillarning salbiy oqibatlarini prognozlash va oldini olish tizimlarini ishlab chiqish;
– Odam organizmida patologik sharoitlarning genetik polimorfizmi va boshqa omillarini aniqlash asosida kasalliklarni differensial terapiyasi va yangi davolash usullarini ishlab chiqish.