Bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari:
• Institut kompyuter va axborot infratuzilmalari yaratish va yaroqliligini ta’minlash.
• Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini tadbiq etish, axborot tizimini va o’quv jarayonini boshqarishni avtomatlashtirish tizimini joriy etish.
• Zamonaviy axborot vositalari to’g’risida institut professor- o’qituvchilari orasida seminar-trening o’tkazish.
• O’qituvchilar, aspirant, magistr va talabalarning internet tarmog’idan foydalanishni ta’minlash.
• Respublika ta’lim muassasalari bilan xamkorlikda yangi axborot texnologiyalari o’quv kurslari tashkil etish bo’yicha ijodiy aloqalar o’rnatish va mustaxkamlash.
• Institutni kompyuter va ularni qo’llab quvvatlovchi dasturlar bilan ta’minlash.
• Kompyuter o’quv xonalarini tashkil qilishda takliflar kiritish.
Bo’limni tashkiliy va boshqa vazifalari:
• Bo’lim faoliyatini boshqaruvchi boshliq institut rektori qarori asosida tayinlangan.
• Bo’lim ishchilari bo’lim boshlig’ining tavsiyasiga asosan rektor tomonidan qabul qilinadi.
• Bo’lim boshlig’i institut Nizomi va bo’lim qoidalariga amal qilgan ҳolda faoliyat ko’rsatadi.
Bo’lim tarkibi (tuzilishi): 5-shtat birligida faoliyat ko’rsatadi, bulardan:
• 1-birlik – bo’lim boshlig’i.
• 1-birlik – tizimli dasturlovchi.
• 1-birlik – tarmoq va ma’lumotlar banki ma’muri.
• 1-birlik – 1-toifali muxandis dasturlovchi.
• birlik – texnik.
Bo’lim vazifalari:
• Institut binolarida kompyuter va orgtexnika ishlashini ta’minlash;
• Kompyuter tarmoqlarini proektlashtirish va montaj qilish;
• Sistema, amaliy va maxsus dasturiy ta’minotni o’rnatish;
• Institut kompyuter tarmog’i xavfsizligini kompleks ta’minlash;
• O’qituvchi va xodimlarni o’quv va tashkiliy jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
• Kompyuter texnikasi va orgtexnika nosozliklarni aniqlash;
• Sistema bloklarini ta’mirlash – ma’lumotlarni tiklash, testlash, komponentlarni ta’mirlash va almashtirish;
• O’quv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarni tashkil qilish va joriy etishda ko’maklashish;
• Institutning o’qish jarayonida o’qitish samaradorligini oshirishga yordam beruvchi zamonaviy texnik vositalardan qo’llashni tashkil qilish;
• Institutning elektron quti manzilini nazorat qilish, kelgan xatlarni o’z vaqtida qabul qilish va yetkazish.