O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOLALAR XIRURGLARI, ANESTEZIOLOG VA REANIMATOLOGLARINING «BOLALAR XIRURGIYASINING DOLZARB MUAMMOLARI» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYASI (Professor A.S. Sulaymanov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlanadi). 14-15Oktyabr 2023.yil.
ANJUMAN DASTURI https://drive.google.com/file/d/1ZitBA3u4IRnx2XMco_8SW8gQCBEciPJg/view
TEZISLAR TO’PLAMI https://drive.google.com/file/d/1Jp-8GuWovcVO7kvFyp1J44XYnq3hW0R-/view
NASHR ETILGAN MAQOLALAR 10 (60) 2023 – МЕДИЦИНА НОВОГО ДНЯ (newdaymedicine.com)
FAKULTET BOLALAR XIRURUGIYA KAFEDRASIGA ROSSIYANING ETAKCHI BOLALAR JARROHI TASHRIF BUYURDI
2023-yilning 4-6-fevral kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, fakultet va shifoxona bolalar jarrohligi kafedralarga Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan shifokor, Irkutsk viloyati bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, professor Yuriy Andreevich Kozlov tashrif buyurdi va yuqori texnologiyali minimal invaziv operatsiyalarni amalga oshirdi.
Va shuningdek, professor Kozlov Yu.A. talabalar va magistrantlar uchun tug‘ma nuqsonlarni (anomaliyalarni) minimal invaziv yuqori texnologiyali jarrohlik yo‘li bilan davolash mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
ROSSIYA OLIMLARI BILAN ILMIY AMALIY HAMKORLIK
2023 yil 10-12 mart kunlari Rossiya Federatsiyasi N. I. Pirogov nomidagi RMTTU xodimlari t.f.d. Xolostova Viktoriya Valerovna, t.f.n. Yarustovskiy Pavel Mixaylovich xamda Al Mashat Namir Adnanovichlar bilan xamkorlikda master klass operativ muolajalar bajarildi. Ushbu maxorat operatsiyalar 3 nafar bemorlarni o‘z ichiga olib, quyidagi operativ muolajalar bajarildi.
1. Atreziyaning rekto- vestibulyar turida laparoskopik video assistentligi yordamida oqmani bartaraf qilish operatsiyasi
2. Yuqori ichak tutqich sindromida laparoskopik video assistentligi ostida duodeno-yeyunoanastomoz operatsiyasi maxsus ichaklarga chok qo‘yuvchi moslama ya’ni endo gio firmasiga mansub pistolet orqali qo‘yildi
3. Girshprung kasalligi total formasi bo‘yicha 3 marotaba operativ muolaja o‘tkazgan bemorga rekonstruktiv ileo-rektoanastomoz operativ muolajasi bajarildi.
2022 yil Rossiya Federastiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti “Bolalar xirurgiya” kafedrasi bilan Bolalar endoxirurgiyasi mutaxassisligi bo’yicha malaka oshirish kursini tashkil etish shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomaga ko’ra Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti “bolalar xirurgiya” kafedrasi dostenti Al-Mashat Namir Adannovich 13-17 fevral kunilari institut va kafedraga tashrifi bo’ldi. Kafedra bakalavriyat talabalari, magistrlar va yosh mutaxassislarga “Laporoskopiyaga kirish” mavzusi bo’yicha ma’ruza o’qib berdi.
2022 yil 25-29 aprel kunlari “Bolalar xirurgiyasida endoskopik operastiyalar” mavzusidagi 36 soatlik malaka oshirish kursi o’tkazilishi kutilmoqda va 15 nafar professor – o’qituvchilar zamonaviy kam invaziv endoxirurgiya operastiyalarini Rossiyadan kelgan malakali shifokorlar bilan bajarishadi va tajriba almashinishadi. Olingan natijalar kafedra ilmiy va o’quv jarayoniga tadbiq qilinadi.