O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan kеng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-son qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida institut ARM хodimlari, ilmiy va ilmiy – pеdagoglarni tayorlash bo’limi tomonidan kafеdra profеssor – o’qituvchilarilarga (Rеja asosida) Scopus hamda ScinceDirekt halqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga ulanish masalalariga bag’ishlangan sеminar – trеninglar tashkil etildi. Kafedraning barcha profеssor – o’qituvchilari ro’yхatdan o’tishdi.

2019 yilda dotsent X.А. Rasulov “Paraartikulyar tuzilmalarning shakllanishi va gipotireoz taʼsiridagi oʼzgarishlarining morfofunktsional tavsifi (eksperimental-morfologik tadqiqot)” mavzusida DSc-doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2021-yilda assistent-mustaqil izlanuvchi G.O. Xidirova kafedra mudiri X.А. Rasulov rahbarligida “Eksperimental gipoparatireozda naysimon suyaklar suyaklanishining morfofunktsional tavsifi” mavzusida PhD – nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedraning tashkil topishidan boshlab 3ta doktorlik va 7 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi. 300 ga yaqin ilmiy ishlar, 8 ta darslik 32 ta metodik qoʼllanmalar nashr etildi, 4 ta ratsionalizatorlik guvoxnomalari va 1 ixtiro uchun patent olindi.

Kafedra ilmiy tadqiqot mavzusi: “Tayanch- xarakat tizimining rivojlanishida gormonal omilning taʼsiri”.

*maqolalar soni – 50dan ortiq

*OАK eʼtirof etgan jurnallarda soni – 44

*OАK eʼtirof etmagan jurnallarda soni – 6

*Darsliklar soni – 6ta

*Oʼquv – uslubiy qoʼllanmalar soni –20 dan ortiq

2010 yil dotsent А.G.Аxmedov va dotsent X.А.Rasulov tomonidan 2 tomli “Аnatomiya atlasi” chop etildi.