ToshPTI “Odam anatomiyasi” kafedrasi 1972 yilda Toshkent va Аndijon tibbiyot institutlari bazasida tashkil etildi. Oʼsha paytda kafedraga 1972-1978 y. prefessor Zaxidov X. Z. mudirlik qildi. Prof. Zaxidov X.Z. rahbarligida 3ta dotsent, 1ta katta oʼqituvchi va 12ta assistent faoliyat yurita boshladi. 1997-98 hamda 2003-04 oʼquv yillarida Odam anatomiyasi kafedrasi OXTА kafedrasi bilan birga qoʼshilganda kafedrani professor Sh.M.Аxmedov boshqargan.Patologik anatomiya kafedrasi ham 1972 yili tashkillashtirilgan. Birinchi kunlaridan boshlab to 1999 yilga qadar kafedraning doimiy rahbari Alimov Vali Alimovich (1924-2013)  bo`lib kelgan. Vali Alimovich Toshkent tibbiyot instituti bitiruvchisi, patologoanatom, t.f.d. professor (1970), sog’liqni saqlash a’lochisi, Toshkent shahrining etakchi patologoanatomi. Kafedra faoliyati birinchi navbatda uning nomi bilan bog’liq. V.A. Alimov rahbarligida o`ndan ziyod kafedrada xodimlari keyinchalik fan nomzodlari va doktorlari bo`lib yetishdi, SAMPI va Respublikadagi boshqa OTMlarining kafedralarida mehnat faoliyatlarini olib bordilar. Kafedra ish faoliyati boshlanishi bilan birga V.A. Alimov tomonidan ilmiy laboratoriya tashkil etildi va patologoanatomlarning o’ziga xos maktabi yaratildi. Turli vaqtlarda kafedra laboratoriyasi SSSR va Rossiyaning yetakchi patologoanatom maktablari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirib kelgan. Patologik anatomiya kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, shuningdek, ToshPTI Nukus filialining patologik anatomiya kafedrasi faoliyatiga yordam beradi. Qator yillar davomida kafedrada t.f.n dotsent A.S. Alfitayev, t.f.n. dotsent N.A. Suxanos kabi iqtidorli pedagoglar faoliyat yuritgan. 2012 yidan boshlab bugungi kunga qadar sud ekspertizasi kafedrasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. 2009-2012 yillarda Odam anatomiya kafedrasi “Odam anatomiyasi, gistologiya, sitologiya va embriologiya” kafedrasi nomi bilan yuritila boshlandi. 2020-yildan kafedra tuzilmasi o’zgarib gistologiya fani o’rniga patologik anatomiya fani qo’shildi va kafedra «Anatomiya, patologik anatomiya» nomini oldi. Hozirgi kunda kafedrani tibbiyot fanlari doktori dotsent Rasulov Xamidulla Аbdullaevich kafedra mudiri lavozimida boshqarib kelmoqda.