Kafedraning maʼnaviy va maʼrifiy ishlari kafedraning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari rejasi asosida olib boriladi. Murabbiylik guruhlarida xar xafta rejaga asoslangan xolda «Аxborot soatlari», o’tkazilib turgan. Turli xil mavzularda, maʼnaviy marifiy masalada doimiy ravishda talabalar bilan davra suhbati o’tkazilib turiladi. Аsosan murabbiylik guruhlarda , yaʼni kafedrada 4-5 kurs 2-Pediatriya ishi fakulteti talabalari murabbiylik guruhlari bo’lib, guruh murabbiylari 3 oyda teatr, muzeylarga boradilar. Kafedrada talabalarning tashki qiyofasi va kiyinish odobiga aloxida eʼtibor beriladi. Ularning turmush shakli, soglik va salomatligiga, maʼnaviy maʼrifiy jixatlari va xulk atvoriga aloxida eʼtibor beriladi .Kafedra xodimlari institut tomonidan uyushtirilgan xar bir tadbirlarda faol qatnashib kelmoqdalar. Kafedraning barcha o’qituvchi pedagoglari xar oy talabalar yotoqxonalarida bo’lib, talabalarni turmush tarzi bilan tanishib turadilar.Murabbiylar faqatgina talabalar yotoqxonasigina emas, balki ijarada yashovchi talabalar turmush sharoiti bilan ham tanishib turadilar.Kafedradagi tarbiyaviy ishlar quyidagi shakllarda olib boriladi: Talabalar bilan tarbiya-axborot soatlari o’tkazish; Institut sport tadbirlarida ishtirok etish; Kafedra xodimlari talabalar turar joyiga tashrif buyurishi; Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlar olib borish; Davlat umumxalq tadbirlarida ishtirok etish kabi masalalrt. Kafedraning deyarli barcha o’qituvchilarida guruh murabbiyligi mavjud bo’lib, kafedraning katta murabbiysi sifatida katta o’qituvchi Ibrohimova L.I. faoliyat yuritib boradi. Bundan tashqari kafedrada har bayram tadbirlari keng va ko’tarinki kayfiyatda nishonlanib kelinadi