Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan iqtidorli talabalar bilan «Ustoz-shogird» an’analari yo’lga qo’yilgan bo’lib, mas’ul katta o’qituvchi g.A.Xaytmatova. Xususan 2021 yilda professor-o’qituvchilarimiz 48 nafar talaba bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishi olib borib, natijalarni ilmiy-nazariy anjumanlarda chop ettirishgan. Bundan tashqari,2021 yilning 22 aprel kuni tibbiyot OTMlari o’rtasida bo’lib o’tgan «Ibn Sino izdoshlari 2021» nomli xalqaro olimpiadada «psixologiya» fani yo’nalishi bo’yicha ToshPTI tibbiy pedagogika fakulteti 206-guruh talabasi Xaydarova Gulyora qatnashib, faxrli 2-o’rinni egalladi (ilmiy rahbar dosent Shoyimova Sh.S.). Shuningdek, 2021 yil 6 dekabr kuni tibbiyot OTMlari orasida o’tkazilgan «raqamlashtirish – tibbiyot kelajagi» nomli xalqaro talabalar konferentsiyasida «tibbiy ta’limni raqamlashtirish» yo’nalishi bo’yicha ToshPTI tibbiy pedagogika fakulteti 206-guruh talabasi Xaydarova Gulyora qatnashib, faxrli 2-o’rinni egalladi (ilmiy rahbar dosent Shoyimova Sh.S.).
2022 yilning 23-may kuni ToshPTIning 50-yilligi munosabati bilan tibbiyot va farmasevtika OTMlari bakalavriat talabalari orasida «tibbiyot OTMlarida ijtimoiy-gumanitar fanlar integrasiyasi» nomli I Respublika talabalar onlayn olimpiadasi tashkil qilindi. Olimpiada yo’nalishlari:

  • O’zbekistonning eng yangi tarixi
  • Falsafa
  • Pedagogika
  • Psixologiya