Kafedrada xorijiy hamkorlik ishlariga mas’ul katta o’qituvchi N.A.Mirzaeva. Maksim tank nomidagi Belorus davlat pedagogika universiteti va Belgorod milliy ilmiy tadqiqot universiteti bilan ilmiy-amaliy hamkorlik ishlarini amalga oshirib kelmoqda. 2021 yilning 13 aprel sanasida Belgorod milliy ilmiy-tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda «fan va ta’lim:tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar, yutuqlar va innovasiyalar» mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.
2021 yilning 29 yanvar kuni Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti hamda tadqiqot.uz nashriyot uyi bilan hamkorlikda «Qoraqalpoq xalq shoiri Berdaq asarlari – ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim manba» mavzusida xalqaro miqyosda onlayn konferentsiya tashkil etildi.
2021 yilning 12 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi, Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Germaniyaning FH Munster – University of Applied Sciences universiteti bilan hamkorlikda «tibbiy ta’limda tibbiyot pedagogikasini rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida tibbiyot pedagoglari uchun «tibbiy ta’lim elektron platformasini yaratish» nomli amaliy loyiha doirasida xalqaro onlayn seminar tashkil etildi.
2022 yil mart oyida Rossiya Federasiyasining Oliy ekonomika milliy tadqiqot universiteti Perm Kampusidan falsafa fanlari nomzodi, dosent A.A.Kamenskix ma’ruza va seminar mashg’ulotlari olib bordi.
2022 yil oktyabr oyida kafedra tashabbusi asosida dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlaridan biri Rossiya Federasiyasi Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasi «Milliy tadqiqot universiteti Oliy iktisodiyot maktabi» ilmiy xodimi Isxanov Anton Robertovichning ma’ruza va seminar mashg’ulotlari olib bordi.