Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti «Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomatologiyasi» kafedrasi tarixi

O’rta Osiyo medisina pediatriya instituti 1972 yilda ochildi.

O’rta Osiyo medisina pediatriya instituti ochilish marosimi, SSSR SSV o’rinbosari Venediktov D.D. (minbarda) tabrigi. Minbarning chap tomonida birinchi rektor, prof. Majidov V.M.

Otorinolaringologiya kafedrasi shu yili Toshkent shahar 17-son klinik kasalxonasining 60 o’rinli LOR bo’limida tashkil etildi. Kafedraning asosiy tashkilotchilari t.f.n. Dadamuxamedov A.N. va t.f.n. Hasanov S.A. hisoblanadilar, chunki ular 1972 yil iyun-iyul-avgust oylarida kafedrada talabalarni o’qishga qabul qilish uchun barcha shart-sharoitlarni birga yaratishgan. Shu yili Hasanov S.A. abiturientlarni qabul qilishdagi tibbiy ko’rikda ham otorinolaringolog sifatida ishtirok etdi.

1972 yil. Birinchi kafedra mudiri t.f.n. Dadamuxamedov A.N. (1972-2011 yillarda faoliyat ko’rsatgan).

1972 yil. Birinchi tashkilotchi, t.f.n. Hasanov S.A. (1972 yildan buyon ishlamoqda).

1972 yil. T.f.n., dosent A’zamov Saidkarim A’zamovich (1972-80 yillarda ishlagan).

1972 yil. T.f.n., assistent keyinchalik dosent Avrukina Raisa Izraylevna (1972-90 yillarda ishlagan).

LOR kafedrasi mudiri Dadamuxamedov Abdumalik Nazirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1929 yil Toshkent shahrida tug’ilgan, 2011 yil iyun oyida qazo qilgan, millati o’zbek. Umumiy ish staji 58 yil, pedagoglik staji 49 yil.

2011 yil, mart. Dadamuxamedov Abdumalik Nazirovich – tibbiyot fanlari doktori, professor, (1972-1999 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan.)

Dadamuxamedov A.N. 1953 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini bitirgach, Farg’ona viloyatining Buvayda tumanida shifokor va Tuman Markaziy kasalxonasi bosh vrachi lavozimida faoliyat ko’rsatdi. 1956-1958 yillarda ToshDavMI «Quloq, tomoq va burun kasalliklari» kafedrasida klinik ordinaturani o’tdi.

1962 yilda A.N. Dadamuxamedov A.N. prof. Drennova K.A. rahbarligida «O’rta quloq sili» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqladi.

1965-1972 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (TashVMOI) LOR kafedrasida assistent lavozimlarida ishladi.

A.N.Dadamuxamedov 1972 yilda O’rta Osiyo medisina pediatriya instituti ochilishi munosabati bilan shu institutning «Quloq, tomoq va burun kasalliklari» kafedrasi mudiri etib tayinlandi. 1976 yilda «Sil kasalliklarida o’rta quloqning yiringli yallanishi» mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi (ilmiy maslahatchi – prof. Daynyak L.B.).

1972 -1992 yillar mobaynida SSV bosh bolalar otorinolaringologi bo’lib faoliyat ko’rsatdi.

Professor A.N. Dadamuxamedovning 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 6 ta uslubiy qo’llanma, 2 mualliflik guvohnomasi, 3 ta rasionalizatorlik taklifi mavjuddir. Kulokning sil kasalligi (— yil) risolasi va o’zbek tilida «Bolalar otorinolaringologiyasi» (1999, 2005) darsligi chop etilgan. Ustoz yetishtirgan yuzlab shogirdlar hozirgi kunda O’zbekiston otorinolaringologiyasi ravnaqiga hissa qo’shmoqdalar.

Mannopov Malik Fayozovich, t.f.n., dosent (1976-95 yillarda ishlagan).

Mirzarasulev Mirzaanvar Mirzarasulevich, t.f.n., dosent (1976-96 yillar ishlagan.)

Qodirova (Do’stmuxamedova) Flora Zokirovna, 1951 yilda tug’ilgan. 1974 yili SAMPIni tamomlagan va 1974-76 yillarda klinik ordinatura o’tgan. 1976-1997 yillarda TashPMI LOR kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. Bugungi kunda O’zR SSV TSB 1-markaziy poliklinikada LOR shifokor bo’lib ishlamoqda.

Qodirova (Do’stmuxamedova) Flora Zokirovna (1976-96 yillarda ishlagan.)

T.f.n. Mirazizov Ravshan Qo’chqorovich (1981-94 yillarda ishlagan.)

1985 yilda SAMPI qoshida 240 o’rinli yangi «Bolalar klinikasi» foydalanishga topshirildi va O’zbekistonda birinchi bor 60 o’rinli yagona «Bolalar otorinolaringologiyasi» bo’limi tashkil etildi. Bunga rahbar qilib prof. Hasanov S.A. tayinlandi va O’zbekistonda bolalar otorinolaringologiyasining rivojlanishiga asos solindi. Shu davrgacha bolalarning otorinolaringologik kasalliklari kattalar LOR vrachlari tomonidan amalga oshirilar edi. Yosh bola organizmning anatomo-fiziologik jihatlarini hisobga olinmasdan davolash choralari o’tkazilib kelinar edi.

Prof. Hasanov S.A.

Ilmiy mavzuni muhokamasida 2009 yildan boshlab grant asosida ITSS-29-6 raqamli «LOR kasalliklaridagi gipoksiya va oksidant stressni bartaraf etish usullarini takomillashtirish (operasiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish maqsadida)» ilmiy izlanishlari olib borilmoqda va shu asosda doktorlik dissertasiyalari rejalashtirilgan (Abdullaev X.N.).

Prof. Hasanov S.A. ilmiy mavzuni muhokamasida 2009 yildan boshlab grant asosida ITSS-29-6 raqamli «LOR kasalliklaridagi gipoksiya va oksidant stressni bartaraf etish usullarini takomillashtirish (operasiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish maqsadida)» ilmiy izlanishlari olib borilmoqda va shu asosda doktorlik dissertasiyalari rejalashtirilgan (Abdullaev X.N.).

Uchinchi kafedra mudiri Amonov Shavkat Ergashevich tibbiyot fanlari doktori, professor, Oliy toifali shifokor. Ukraina otologlari, otoneyroxirurg va otonevrologlari assosiasiyasi a’zosi. 1986 yilda SAMPIni imtiyozli tugatgan. 1987-1989 yillarda vrach otorinolaringolog bo’lib ishlagan, 1989-92 yillarda ToshPTI LOR kafedrada aspirant, 1992-95 yillarda assistent, 1996-2001 yillarda dosent va 2002-2010 yillarda kafedra professori lavozimida ishlagan. 2010 yil 2 sentyabrdan boshlab kafedra rahbari qilib tayinlangan, ToshPTI jarrohlik yo’nalishi fanlararo uslubiy Kengashi raisi.

T.f.n., assistent Kirsanov Vladimir Nikolaevich (1986-1998 yillar ishlagan).

Kirsanov Vladimir Nikolaevich, 1958 yilda tug’ilgan, 1994 yilda nomzodlik dissertasiyasini «Qalqonsimon bezning har xil kasalliklarida surunkali tonzilitntng klinikasi, tashhisi va davolash» mavzusida himoya qilgan.

Jafarov M.M. 1996 yilda «Semiz bolalarda surunkali tonzillitning klinikasi, tashhisi va davolash» mavzusida nomzodlik dissertasiyasi yoqlagan. 2000-2002 yillarda Janubiy Koreya Yonsey universitetida «Plastik jarrohlik» yo’nalishida malakasini oshirdi. 2004 yildan boshlab klinik ordinatorlar va magistrlar tayyorlash bazasi hisoblanmish ToshPTI klinikasi 20 o’rinli «Plastik jarrrohlik» bo’limiga mudirlik qilmoqda.

Keyinchalik, surunkali sinusitlarni pubertat yoshidagi qizlarda endokrinologik, ginekologik muammolar bilan bevosita bog’liqligi ilmiy asoslandi (Rasulova N.A.).

1985 yilda SAMPI qoshida 240 o’rinli yangi «Bolalar klinikasi» foydalanishga topshirildi va O’zbekistonda birinchi bor 60 o’rinli yagona «Bolalar otorinolaringologiyasi» bo’limi tashkil etildi. Bunga rahbar qilib prof. Hasanov S.A. tayinlandi va O’zbekistonda bolalar otorinolaringologiyasining rivojlanishiga asos solindi. Shu davrgacha bolalarning otorinolaringologik kasalliklari kattalar LOR vrachlari tomonidan amalga oshirilar edi. Yosh bola organizmning anatomo-fiziologik jihatlarini hisobga olinmasdan davolash choralari o’tkazilib kelinar edi.

Kafedraning bir nechta xodimlari (dosent Mannapov M.F., assistent Nazarmuxamedova N.F.) bo’lim ordinatorlari (Umarov X.U., Umarxodjaev U.U., Bender M.A.) bilan birgalikda ham amaliy, ham ilmiy ishlar rivojlantirildi, hamda talabalarni bolalardagi tug’ma va orttirilgan LOR xastaliklari bilan tanishtirish imkoniyati paydo bo’ldi.

Surunkali tonzillit va kapillyarotoksikoz bilan og’rigan bemorlarda ham anaerob infeksiyalar ko’p hollarda sababchi ekanligi aniqlandi (Eshnazarov I.R.). Eshnazarov Ilhom Rozimbaevich 1968 yilda tug’ilgan, nomzodlik dissertasiyasini «Kapillyarotoksikoz bilan og’rigan bolalarda surunkali tonzillit klikasi, tashhisi va davolash» mavzusida 2001 yili yoqlagan. Hozirga kunda «Bo’ston» oromgohi direktori o’rinbosari lavozimida ishlamoqda.

T.f.n., Eshnazarov Ilhom Rozimbaevich

Kafedrada ko’p yillar mobaynida Dadashev Sh.T., Axmedov S.S., k.m.n. Muxamedjanov U.X., Yakubov M.M. faoliyat ko’rsatishgan.

Dadashev Shavkat Toirovich (1986-2000 yillarda ishlagan).

Muxamedjanov Ulug’bek Hakimjonovich (2001-2010 yillarda ishlagan).

Yakubov Mirvoris Mirziyotovich (2003-2009 yillar ishlagan).

2001 yilda LOR kafedra tashabbusi bilan LOR kafedrasi qoshida «Bolalar stomatologiyasi» kursi tashkil etildi. Ushbu kursni tezda rivojlanib ketishiga jamoatchilik asosida Vrachlar malakasini oshirish instituti «Bolalar stomatologiyasi» kafedrasining mudiri dosent Shamsiev Hamidulla Nusratullaevich va t.f.n. Maxsudov Sunnat Nig’matovichning xizmatlari alohida e’tiborga molik. Hozirgi kunda stomatologiya kursiga yosh olim prof. S.S. G’ulomov rahbarlik qilmoqda va uning say-harakatlari bilan 2011 yilda esa stomatologiyadan magistratura kursini ochishga muvaffaq bo’lindi.

Respublikamiz aholisi orasida LOR kasalliklar epidemiologiyasini aniqlash amaliy xizmatni tashkil etishda muhim hisoblanadi. Shu maqsadda 1988-1990 yillar mobaynida kafedra xodimlari tashabbusi bilan bir necha viloyatlarda 20 mingdan ziyod aholi birinchi marta profilaktik ko’ruvdan o’tkazildi. Natijada surunkali tonzillitni 16%, surunkali yiringli o’rta otit 6,5-7,0%, quloqning tug’ma anomaliyasi (gipogeneziya) 1500-2000 tug’ilgan bolaga 1 ta, lekin, Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida 650 ta bolaga 1 ta uchrashi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar asosida SSV ga axborot berildi va LOR klinikamiz qoshida 2000 yilda «Bolalar otorinolaringologiyasi Markazi» tashkil etilib, 4 ta vrach lavozimi ajratildi. Bundan tashqari 2001 yili LOR klinika qoshida Markaziy Osiyo mamlakatlarida birinchi bor bolalarga alohida shoshilinch LOR yordam ko’rsatish tashkil etildi, 10,5 stavka vrachlar shtati ajratildi. Bu esa bemorlarni davolashga hamda o’quv jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatib, ilmiy izlanishlarning mukammal bajarilishiga imkon yaratdi.

T.f.d., professor Amonov Shavkat Ergashevich, 2010 yildan kafedra mudiri.

1992 yilda «Surunkali virusli gepatit «B» bilan og’rigan bolalarda surunkali tonzillit klinikasi, tashhisi va davolash» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlari: 1) Tibbiyot fanlari doktori, professor Hasanov S.A.; 2) Tibbiyot fanlari doktori, O’zbekiston FA akademigi, professor Daminov T.O. 2000 yilda «Bolalarda surunkali yiringli o’rta otitlarni xirurgik davolash samaradorligini oshirish» mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Ilmiy maslahatchilari: 1) Tibbiyot fanlari doktori, professor Hasanov S.A.; 2) Tibbiyot fanlari doktori, professor Madjidov A.V. Ilmiy ishlar soni 150 ortiq, 5 uslubiy qo’llanma, 8 patent, 6 rasionalizatorlik taklifi, 2 darslik, 2 monografiya. Otorinolaringologiyaning barcha sohalari, asosan otologiya, rinologiya, faringologiya, LOR-plastika muammolari bilan shug’ullanadi. Amonov Sh.E. va prof. Inoyatova F.I. rahbarliklarida 1 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan (Rajabov Asqarjon Hamroqulovich). Amonov Sh.E. rahbarligida 5 nomzodlik va 2 ta dotorlik disserttsiyasi himoya qilindi. Hozirgi kunda 2 ta doktorantning ilmiy maslahatchisi hisoblanadi. Erishgan yutuqlari: -mineralsizlantirilgan qo’zichoq suyagi bilan mastoidoplastika qilish usulining 93% samarali ekanligi klinik va eksperimental isbotlangan -mineralsizlantirilgan qo’zichok suyagi bilan mastoidoplastika qilish usuli ishlab chiqilib, amaliy otorinolaringologiyaga tadbiq qilingan. Ma’ruzalari bilan xalqaro forumlarda yurtimiz vakili bo’lib ishtirok etgan. Kafedra mudiri sifatida o’quv, davolash, ilmiy va tashkiliy ishlar uchun mutasaddi. 2010 yilda Kiev shahrida «Otoxirurgiyaning dolzarb muammolari» bo’yicha malaka oshirgan. Kelajakdagi rejalari: klinikada maxsuslashtirilgan bo’limlarni tashkil qilish, eshitishni yaxshilovchi va eshitishni tiklovchi operasiyalarni amaliyotga keng joriy etish, otolaringologiyaning barcha yo’nalishlarida zamonaviy tashhislash va jarrohlik uslublarini yanada mukammallashtirish.