Kafedra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda chiqilgan “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturini amalga oshrish yuzasidan ishlar olib bormoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat. Milliy rivojlanish dasturi doirasida kafedradai ilmiy makolalarni “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida kafedramiz professor – o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarga “SCOPUS” va “ScienceDirect” halqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga ulanish masalalariga bag‘ishlangan seminar – treninglarlarda ishtirok etishdi. Kafedramizning barcha professor – o‘qituvchilari va doktorantlari ro‘yxatdan o‘tishdi.
SHOShILINCh PEDIATRIYA VA HALOKATLAR TIBBIYOTI KAFEDRASIDA OLIB BORILADIGAN ILMIY ISHLARNI MAQSADI QUYIDAGIChADIR: «BOLALARDA KRITIK HOLATLARNI TAShHISLAShNI OB’EKTIV MEZONLARINI IShLAB ChIKISh VA ULARGA KO‘RSATILADIGAN ShOShILINCh YORDAMNI STANDARTLAShTIRISh»
KAFEDRADA QUYIDAGI MAVZULARDA ILMIY IShLAR OLIB BORILADI:
1. Bolalarda turli xil etiologiyali shoshilinch xolatlarni tezkor tashhislash va ularda ko‘rsatiladigan shoshilinch yordamni optimallashtirish.
2. Bolalardagi turli nefrologik kasalliklarni tashhislash, davolash va oldini olishga zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish
Kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlarga kafedra mudiri, professor A.M. Sharipov rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Kafedra xodimlarini ilmiy saloxiyati (50%):
Fan doktorlari – 1 ta
Fan nomzodlari – 5 ta.
KAFEDRA ILMIY FAOLIYATIDAGI MAQSADLARNI BAJARISh UChUN YILLIK REJAGA ASOSAN QUYIDAGI YUNALIShLARDA IShLAR OLIB BORILADI:
– ilmiy makolalar chop etish
– ilmiy amaliy konferensiyalarda tezislar va dokladlar bilan ishtirok etish
– monografiyalar chop etish
– ilmiy ishlar natijalarini tadbik etish aktlarini olish
– patentlar olish
– magistrlik dissertasiyalari himoyasi
– PhD dissertasiyalari himoyasi
– DSc dissertasiyalari himoyasi.
Kafedramizda ilmiy ishlarni bajarishda barcha xodimlar, shuningdek magistr talabalar ham ishtirok etishadi.
KAFEDRADA OLIB BORILAYoTGAN DISSERTASIYA IShLARI:
2020 yilda Mamatqulov B.B. «Osenka i peresmotr podxodov k intensivnoy terapii kriticheskix oslojneniy nefroticheskogo sindroma u detey» mavzusidagi PhD dissertasiyasini yokladi.
Assistent Safarov Z.F. «Prognozirovanie isxodov kriticheskix sostoyaniy u detey putem integral’noy osenki stepeni tyajesti» mavzusidagi PhD dissertasiyasi ustida ish olib bormokda.
Kafedra doktoranti Artikova M.A. «Kliniko-funksional’naya xarakteristika vtorichnoy oksalatnoy nefropatii u detey» mavzusidagi PhD dissertasiyasini yoklashni yakunlovchi boskichlarida turibdi.
Dosent Hamzaev K.A. «Osenka kliniko-morfologicheskix zakonomernostey v prognoze progressirovaniya xronicheskix bolezney pochek u detey» mavzusidagi DSc dissertasiyasi ustida faol ish olib bormokda.
2020 yilda 3 ta «Shoshilinch tibbiyot» yunalishi magistrlari magistrlik dissertasiyalarini muvaffakiyatli ximoya kilishdi.
Kafedramizda bolalar nefrologiyasi buyicha 8 ta, shoshilinch tibbiy yordam yunalishi buyicha 5 ta magistr talabalari magistrlik dissertasiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy ishlar olib borishmokda.
KAFEDRA ILMIY ISHLARI NATIJASINI CHOP ETISH:
2020 yilda kafedra xodimlari tomonidan 18 ta, shu jumladan 3 ta “SCOPUS” bazasiga kirgan jurnallarda ilmiy makolalar chop etildi, 2 ta patent olindi va 1 ta ukuv kullanmasi nashr etildi.
2020 yilda kafedra xodimlari 8 ta Respublika va chet ellardagi ilmiy amaliy konferensiyalarda ishtirok etishdi.
KAFEDRA XODIMLARINI RESPUBLIKADAGI ILMIY ISHLARGA KUSHGAN XISSASI
Kafedra mudiri, t.f.d., professor A.M. Sharipov Oliy Attestasiya Komissiyasi Raisining 30-dekabr’ 2019 yildagi 297-sonli karoriga kura Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xuzuridagi tibbiyot fanlari buyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 rakamli ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat olib boradi.
Kafedra mudiri, t.f.d., professor A.M. Sharipov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xuzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 rakamli ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash koshidagi ilmiy seminar raisi urinbosari sifatida faoliyat olib boradi.
Kafedra mudiri, t.f.d., professor A.M. Sharipov “Pediatriya” va “Shoshilinch tibbiy yordam xabarnomasi” jurnallarida tahrir hay’ati a’zosidir.
KAFEDRA ILMIY ISHLARIDA XALKARO XAMKORLIK
Kafedra ilmiy ishlari doirasida 2020 yil 6 may kuni, KOVID-19 da ishlovchi shifokorlar va professor ukituvchilar uchun AKShning Oregon soglikni saklash va fan universiteti professorlari Moxamud Daya, Piter Spenser va Saurab Gupta tomonidan seminar utkazildi.
2020 yil 21 aprelida esa KOVID-19 da ishlovchi shifokorlar va professor ukituvchilar uchun Koreya Inje Uniervsity Ilsan paik hospital professorlari bilan onlayn seminar utkazildi.
Kafedra xodimlari ilmiy ishlar olib borish yuzasidan 2020 yilda kuyidagi xalkaro ilmiy xamkorlikka erishdilar:
• A.M. Sharipovga Koreyaning Inje Universiteti faxriy professori unvoni berildi.
• A.M. Sharipov Yevropa intensiv tibbiyot jamiyati, Rossiya dializ jamiyati a’zosi;
• K.A. Xamzaev Jaxon nefrologlar jamiyati, jaxon bolalar nefrologlari jamiyati, Rossiya dializ jamiyati a’zosi;
• Kafedra Rossiyaning Moskva shaxridagi «Bolalar sogligi ilmiy markazi» va Finlyandiyaning Xelsinki universiteti tomonidan «Sister renal center TRIO» grantida ishtirok etmokda. Ushbu grant doirasida xamkorlikda ilmiy tadbirlar utkazilishi rejalashtirilgan.
• 2020 yilda kafedramizning «Tez tibbiy yordam» yunalishi klinik ordinatori Karieva Shaxnoza Italiyaning Piza Universtiteti klinikasida tajriba orttirib keldi.