Kafedra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda chiqilgan “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturini amalga oshrish yuzasidan ishlar olib bormoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat. Milliy rivojlanish dasturi doirasida kafedradai ilmiy makolalarni “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan. 

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida kafedramiz professor – o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarga “SCOPUS” va “ScienceDirect” halqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga ulanish masalalariga bag‘ishlangan seminar – treninglarlarda ishtirok etishdi. Kafedramizning barcha professor – o‘qituvchilari va doktorantlari ro‘yxatdan o‘tishdi.

         SHOShILINCh PEDIATRIYA VA HALOKATLAR TIBBIYOTI KAFEDRASIDA OLIB BORILADIGAN ILMIY ISHLARNI MAQSADI QUYIDAGIChADIR: «Bolakakrda kritik holatlarni tashxislashning ob’ektiv mtzonlarini ishlab chiqish va ularga ko’rsatiladigan shoshilinch yordamni standartlashtirish»

KAFEDRADA QUYIDAGI MAVZULARDA ILMIY IShLAR OLIB BORILADI

1. Bolalarda turli xil etiologiyali shoshilinch xolatlarni tezkor tashhislash va ularda ko‘rsatiladigan shoshilinch yordamni optimallashtirish.

2. Bolalardagi turli nefrologik kasalliklarni tashhislash, davolash va oldini olishga zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqish

Kafedrada olib boriladigan ilmiy ishlarga kafedra mudiri, professor A.M. Sharipov rahbarlik qilib kelmoqdalar.

         Kafedra xodimlarini ilmiy saloxiyati (71%):

Fan doktorlari – 1 ta

Fan nomzodlari – 4 ta.

KAFEDRA ILMIY FAOLIYATIDAGI MAQSADLARNI BAJARISh UChUN YILLIK REJAGA ASOSAN QUYIDAGI  YUNALIShLARDA IShLAR OLIB BORILADI:

– ilmiy makolalar chop etish

– ilmiy amaliy konferensiyalarda tezislar va dokladlar bilan ishtirok etish

– monografiyalar chop etish

– ilmiy ishlar natijalarini tadbik etish aktlarini olish

– patentlar olish

– magistrlik dissertasiyalari himoyasi

– PhD dissertasiyalari himoyasi

– DSc dissertasiyalari himoyasi. 

Kafedramizda ilmiy ishlarni bajarishda barcha xodimlar, shuningdek magistr talabalar ham ishtirok etishadi.

KAFEDRADA OLIB BORILAYoTGAN DISSERTASIYA IShLARI:

– 2020 yilda B. B. Mamatqulov «bolalarda nefrotik sindromning kritik asoratlarini intensiv davolashga yondashuvlarni baholash va qayta ko’rib chiqish»mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

– 2021 yilda kafedra doktoranti M. A. Artikova «bolalardagi ikkilamchi oksalat nefropatiyasining klinik-funksional tavsifi»mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

– 2022 yilda Z. F. Safarov «Og’irlik darajasini integral baholash orqali bolalardagi kritik holatlar oqibatlarini bashoratlash»mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

– Dosent Hamzaev K.A. «Osenka kliniko-morfologicheskix zakonomernostey v prognoze progressirovaniya xronicheskix bolezney pochek u detey» mavzusidagi DSc dissertasiyasi ustida faol ish olib bormokda.

2023 yilda «Favqulodda tibbiyot» mutaxassisligi bo’yicha 3 ta magistr magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 

Kafedrada bolalar nefrologiyasi bo’yicha 4 nafar magistrant va shoshilinch tibbiyot bo’yicha 4 nafar magistrant magistrlik dissertatsiyalari mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. 

KAFEDRA ILMIY ISHLARI NATIJASINI CHOP ETISH:

2022 yilda kafedra xodimlari tomonidan 8 ta, shu jumladan 1 ta “SCOPUS” bazasiga kirgan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etildi, 2 ta EHM dasturiga patent olindi va 1 ta o’quv qo’llanmasi nashr etildi. 2022 yilda kafedra xodimlari 8 ta Respublika va chet ellardagi ilmiy amaliy konferensiyalarda ishtirok etishdi.

KAFEDRA XODIMLARINI RESPUBLIKADAGI ILMIY ISHLARGA QO’SHGAN HISSASI

– Kafedra mudiri, t.f.d., professor A.M. Sharipov Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosatining (02.02.2022 y. №01-07/470/10) qarori bilan Bolalar milliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi (DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01 raqamli) Ilmiy Kengash raisi.

– Kafedra mudiri, t.f.d., professor A.M. Sharipov Oliy Attestasiya Komissiyasining 30-dekabr 2019 yildagi 297-sonli qaroriga ko’ra Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi tibbiyot fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli Ilmiy Kengash a’zosi.

– Kafedra mudiri, t.f.d., professor A.M. Sharipov Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01  raqamli ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash koshidagi Ilmiy seminar raisi o’rinbosari.

– Kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor A. M. Sharipov «Bolalar milliy tibbiyot markazi axborotnomasi» ning bosh muharriri, vebsayt: https://hnchmc.uz/index.php/jour.

– Kafedra mudiri, t.f.d., professor A.M. Sharipov “Pediatriya” va “Shoshilinch tibbiy yordam xabarnomasi” jurnallarida tahrir hay’ati a’zosi. 

KAFEDRA ILMIY ISHLARIDA XALQARO HAMKORLIK

Kafedra ilmiy ishlari doirasida 2020 yil 6 may kuni, KOVID-19 da ishlovchi shifokorlar va professor o’qituvchilar uchun AQShning Oregon sog’liqni saqlash va fan universiteti professorlari Mohamud Daya, Piter Spenser va Saurab Gupta tomonidan seminar o’tkazildi.

2020 yil 21 aprelida esa KOVID-19 da ishlovchi shifokorlar va professor o’qituvchilar uchun Koreya Inje Uniervsity Ilsan paik hospital professorlari bilan onlayn seminar o’tkazildi. 

Kafedra xodimlari ilmiy ishlar olib borish yuzasidan quyidagi xalqaro ilmiy hamkorlikka erishdilar:

•        A.M. Sharipovga Koreyaning Inje Universiteti faxriy professori unvoni berildi. 

•        A.M. Sharipov Yevropa intensiv tibbiyot jamiyati, Rossiya dializ jamiyati a’zosi;

•        K.A. Xamzaev Jahon nefrologlar jamiyati, jaxon bolalar nefrologlari jamiyati, Rossiya dializ jamiyati a’zosi;

•        Kafedra Rossiyaning Moskva shahridagi «Bolalar sog’lig’i ilmiy markazi» va Finlyandiyaning Xelsinki universiteti tomonidan «Sister renal center TRIO» grantida ishtirok etdi. Ushbu grant doirasida hamkorlikda ilmiy tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

2022 yilda Safarov kafedrasi assistenti Z. F. Janubiy Koreyadagi Pusan universitetining Yansan klinikasida stajirovka o’tkazdi va shoshilinch tibbiy yordam bo’yicha master-klass o’tkazdi.