Kafedrada ma’naviy – ma’rifiy ishlarga mas’ul Sh.Sh. Shoikramov 2017-2018 o’quv yili davomida quyidagi tadbirlarni reja asosida tashkillashtirdi va uning bajarilishini monitoringini olib bordi.

Avgust  2017 yil kafedra mudiri, professor A.M. Sharipov va barcha xodimlar «O’zbekistonda tez tibbiyyordam xizmatlarini takomillashtirish» mavzusida Koreya  vakillari bilan birga o’tkazilgan «Uzbekiston Respublikasida bolalarga teztibbiy xizmat kursatish sifatini baxolash», «Onalik va bolalaikni muxofaza kilishda tibbiy xizmat sifati» mavzusidagi takdimotda qatnashdi.

Kafedra dostenti Xakimov D.P. tomonidan oktyabr 2017 yil radioefir orqali Shifokor minbari radioeshittirishida «Tez tibbiy yordamh» mavzusida axoli bilan tugridan tugri muloqot o’tkazdi.

Kafedra dostentlari noyabr oyi 2017 yil Sh.Sh. Shoikramov, Mamatqulov B.B., Tilyakov A.B. tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumani tibbiy birlashmasiga qarashli Chinobod QVP ning 43-44 maktabgacha ta’lim muassasasida 180 bolani chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazishda faol ishtirok etdilar.

Kafedra tomonidan «Ibratli umr» mavzusida noyabr 2017 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani Kengsoy qishloq kengashidagi Toshkent Meva sabzavotchilik kollejida kafedra va oliy xamshiralik ishi fakultetining 203 gurux talabalari ishtirokida kafedraning ma’anviy axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha mas’ul Karieya Sh.A. va oliy xamshiralik ishi ning kafedradagi fanlari buyicha mas’uli Ismailova Sh.Sh. tomonidan katta dastur asosida ma’ruza saxna ko’rinishlari va milliy taomlar dasturxoni tashkillashtirildi.

Yanvar 2018 yil kafedra dostenti Axmatalieva M.A.. Shayxontoxur tumani xotin qizlar boshlangich tashkiloti tomonidan o’tkazilgan «Askar onasi» tadbirida faol ishtirok etib, aqlli odobli ma’naviy tarbiyasi a’lo darajada bulganligi tufayli tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

O’quv yili davomida, me’yoriy hujjatlarda belgilangan muddatlarda davlat dasturining ustivor yunalishlarini amalga oshirish borasidagi vazifalarning ta’lim muassasasida , talabalar turar joylarida kafedrada va tegishli muassasalarda tulaqonli bajarilishi tashkil etildi. Professor o’qituvchilarni shaxsiy ish rejalaridagi dasturining vazifalari rejasi asosida taqsimlanib, rejalashtirildi.

2018 yilning may oyida «Shoshilinch pediatriya va halokatlar tibbiyoti» kafedrasi professorlari xotiralariga bag’ishlangan, «Biz Sizni hech qachon unutmaymiz» mavzusidagi tadbir o’tkazildi. Tadbirda institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektori Ahmedova va 1 pediatriya fakultetining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekani Mirzayeva Sh. lar ishtirok etdi.