Kafedrada 5-kurs talabalari «Shoshilinch pediatriya» fani bơyicha, 6-kurs talabalari «Shoshilinch holatlar. Tez tibbiy yordam» va «Halokatlar tibbiyoti» fani bơyicha, 2-kurs talabalari «Shoshilinch holatlar. Favqulodda vaziyatlar» fani bơyicha ơqitiladi. Mashg’ulotlar o’tishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniladi (grafik organayzer, loyiha, keys uslublari, multimediya ma’ruza materiallari, manekenlar). Bundan tashqari, 5- va 6 – kurs dasturiga binoan bir qator tematik o’quv xonalar mavjud. Kafedrada talabalar mustaq’il tayyorlanish xonasi, kutubxona va 5 ta amaliy ko’nikmalar stantsiyasi xonalari tashkil etilgan. Talabalar bilimlari reyting tizimi bo’yicha baholanadi. Yakuniy imtihonlar integrirlangan usul bo’yicha olinadi (OSKE).
O’quv jarayoni har bir fan bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida ishchi o’quv dasturi, amaliy mashg’ulot va ma’ruzalarni o’tish uchun tasdiqlangan taqvimiy reja asosida olib boriladi.
Kafedradagi o’quv-uslubiy ishlarning asosiy maqsadi o’quv jarayonining sifatini va samarisini oshirishga hamda sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Kaferdradagi metodik ishlar kompleks chora-tadbirlardan iborat bo’lib, ular quyidagilarga yo’naltirilgan:
1. O’quv jarayonini o’quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlash;
2. O’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, talabalarni auditoriya va mustaqil ishlarini takomillashtirish;
3. Sog’liq’ni saq’lash tizimining hozirgi holati va uning rivojlanish yo’nalishlarini hisobga olgan holda kafedradagi uq’uv ishlarining barcha shakllari, turlari va metodlarini yaxshilash.
Kafedrada o’quv-uslubiy ishlar oldiga q’uyildgan maq’sadlar q’uyidagi shakllarda amalga osjirilmoq’da:
1. O’q’uv metodik ishlarning maqsadi fanlarni o’qitishning metodikasini takomillashtirishga, o’quv jarayonini bevosita metodik taminlashga, unga ilmiy tekshirish natijasida olingan tavsiyalarni kiritishga va professor o’qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan;
2. Ilmiy-uslubiy ishlar maqsadi ilg’or tajribalarni umumlashtirish, talim jarayonini perspektiv rivojlantirish, uning tarkibi va o’qitish metodikasini takomillashtirish, o’quv jarayonini tashkil qilishning yangi tamoyillarini, q’onuniyatlarini, metodlarini, shakllarini va texnologiyalarini izlash va tadbiq etish hisoblanadi;
3. Tashkiliy ishlar Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutining tashkiliy ishlari rejasini amalga oshirishda faol ishtirok etishga qaratilagan ishlardan iborat.
Kafedraning klinik bazalari
1. ToshPTI klinikasi tez yordam punkti.
2. Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi.
3. Toshkent shahar perinatal markazi.
4. Respublika perinantal markazi.
5. Toshkent shahar 3-sonli yukumli kasalliklar shifoxonasi.