Kafedra nomi: “SUD TIBBIYOTI VA TIBBIYOT XUQUQI”
Kafedra o’quv-ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207 – sonli hamda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining 2001 yil 21 sentabrdagi 166 – sonli buyruqlari asosida tashkil etilgan.
Kafedra faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Oliy ta’lim muassasasi nizomi bo’yicha boshqariladi va institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Sud tibbiyoti– ilmiy amaliy tekshirish usuli bo’lib sud va tergov organlari faoliyatida tibbiyotga va biologiyaga oid savollarga javob beradigan mustaqil tibbiyot yo’nalishidir.
Sud tibbiyoti ekspertizasining vazifalari:
1. Xuquqni ximoya qiluvchi tashkilotlarga aholi hayotiga va sog’iga qarshi jinoyatlar (jinoiy va fuqarolik) ishlarini echimini topishga ko’maklashish;
2.Sogliqni saqlash tashkilotlariga davolash va tibbiy profilaktika ishlari sifatini oshirishga yordamlashish
Kafedra 4 hududda joylashgan:
O’zbekiston Respublikasi Sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xududida joylashgan ( Toshkent, Olmazor tumani, Shifokorlar 2 ko’chasi, 7M. 2 qavat)