1972-yil Tibbiy va biologiya fizika, informatika va informatsion texnologiyalar kafedrasi ToshMIdan ajralib chiqqan va 1972-1976 yillardan dotsent S. Rumi rahbarlik qildi. 1976-1978 yillarda dotsent Usmonova S, raxbarlik qildi. 1978-1980 yillari dotsent Shokirov N.S raxbarlik qildi. 1980- yillardan boshlab, 1995- yillargacha biologiya fanlari doktori, professor Xakimov P. A raxbarlik qildi. 1996-1998 yillardan professor Shomurodov raxbarlik qildi. 1999-2001 yilgacha Tibbiy biologiya kafedrasiga o’tildi. 2001- yildan boshlab, biologiya kafedrasidan alohida kafedra bo’ldi, ajralib chiqdi. 2001- yildan boshlab oxirgacha kafedraga dotsent Islomov Yu.N. raxbarlik qildi. 2012-yil sentabr oyidan boshlab kafedra mudiri D.A.Qarshiev. Kafedrada dotsent Qarshiev D.A dotsent Islomov Yu.N. dotsent R.K.Djaparova, dotsent G.U.Urmanova, dotsent T.A.Karabaev, t.f.d. N.Ravshanov, katta o’qituvchi M.M.Karimova, assistent Raximov O. , assistent Usmonov J, faoliyat ko’rsatishmoqda. Kafedrada 1-2 kurs talabalari, “Tibbiy va biologiya fizika, informatika va informatsion texnologiyalar” fani bo’yicha ta’lim oladi.
Kafedra tashkil topgandan boshlab 400 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 30 dan ortiq o’uv-uslubiy qo’llanma, 20 tadan ortiq ratsionalizatorlik va mualliflik guvoxnomalari olingan.
Kafedra xodimlari tibbiy biologiya va genetika fani bo’yicha uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda ular tomonidan 40 dan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalar, 2 ta darslik va o’quv qo’llanmalari nashr qilingan.
Bundan tashqari kafedra xodimlari, izlanuvchilari xalqaro anjumanlar, kongresslar va simpoziumlarda faol ishtirok etishadi. Hozirgi kunda ular tomonidan 200 dan ortiq tezis, 100 dan ziyod maqolalar nashr etilgan.