“Tibbiy radiologiya” kafedrasida xodimlar, talabalar, magistratura talabalari, klinik ordinatorlar orasida ma’naviyat-ma’rifat ishlari faol ravishda o’tkazilmoqda. Har bir oqim bilan kelayotgan guruhlarga xaftalik axborot soatlari o’qib eshittirilmoqda. O’quv yili davomida quyidagi ishlar kafedra xodimlari tomonidan tashkillashtiriladi va o’tkaziladi:
• Мa’naviyat-ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim etilgan mavzular bo’yicha axborot soatlari muntazam o’qib eshittiriladi;
• 1 sentyabr – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddassan, mustaqil O’zbekistonim” mavzusida tayyorlangan mustaqillik darsi 1-, 2-, 3- kurs magistrlari, 1-, 2-kurs klinik ordinatorlari va oqim bilan kelgan guruh talabalariga o’tkaziladi;
• Sog’lom hayot tarzini shakllantirish maqsadida, tamaki chekish, ichkilikbozlik, narkomaniya, diniy ekstemizm va terrorizmga qarshi choralar haqida suhbatlar uyushtiriladi
• Yoshlar orasida ustoz va murabbiylarga hurmat ruhini oshirish maqsadida 1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar» kuniga bag’ishlangan tadbir;
• Rentgen nuri kashf qilingan kunga bag’ishlangan tadbir;
• Dekabr oyida OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar o’tkaziladi;
• Bosh Qomusimizning jamiyatdagi ahamiyatini yanada chuqurlashtirish maqsadida 8 dekabr Кonstitutsiyanining qabul qilingan kunida prezentatsion dokladlar bilan seminar o’tkaziladi;
• 14 yanvar “Vatan himoyachilari” hamda Qurolli kuchlarimizning tarkib topgan kuni munosabati bilan tadbir o’tkaziladi;
• Kafedrada buyuk mutafakkir Аlisher Navoiy tavallud topgan kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazilib, unda talabalar tomonidan tayyorlangan “Аlisher Navoiy hayoti va ijodi” va““Xamsa” asarining yaratilishi” kabi dokladlar tinglanadi;
• 14 fevral shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkazilib, unda talabalar tomonidan tayyorlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi” dokladi tinglandi;
• Talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar bilan “Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida suhbat o’tkaziladi;
• Talabalar orasida pirsing, tatuaj kabi ommaviy madaniyat ko’rinishlarini inson salomatligiga ko’rsatadigan salbiy oqibatlari haqida suhbatlar o’tkaziladi;
• Kafedra xodimlari, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan 8-mart xotin qizlar bayramiga bag’ishlangan tadbir o’tkaziladi;
• 9-маy “Хоtira va qadrlash kuni” munosabati bilan kafedra xodimlari kafedra asoschilari professor Мirzayev Tal’at Mirzayevich, dotsent Rasulov Ismoil Rasulevich va dotsent Fozilova Zuhra Rustamovna xonadonlariga borib xabar oladilar;
• Talabalar tomonidan 1-iyun – “Хаlqaro bolalarni himoya qilish” kuniga bag’ishlangan tadbir o’tkaziladi hamda ToshPTI klinikasida statsionar davolanayotgan bemor bolalarga sovg’alar tayyorlanadi;
• Kafedrada «Мa’naviyat-ma’rifat» bo’yicha matnlar ekspozitsiyalari bo’lib, ular yil davomida yangi namunalar bilan to’ldirib boriladi.

Мurabbiylik ishi

Kafedrada murabbiylik ishi reja asosida o’tkaziladi.
• Guruh murabbiylari bilan kafedra katta murabbiyasining olib boradigan ish rejasi tuzilgan. Har haftada murabbiylar bilan kafedra katta murabbiyasi yig’ilishlar o’tkazadi, bunda qilingan ishlar muhokama qilinadi.
• Murabbiylar talabalarning yashash sharoiti bilan tanishib, doimiy muloqotda bo’lishadi va ijarada yashaydigan talabalarning uyiga borib sharoitlarini 2 оyda bir marta ko’rib, ijarachi bilan muloqotda bo’lishadi, kafedrada tadbirlar tashkillashtirishadi, bayramlarda birgalikda qatnashadi.
• Мurabbiylar guruh talabalari bilan Амir Темur muzeyiga, shuningdek shahrimizdagi tarixiy obidalarga ekskursiyalar uyushtiriladi.
• Quyidagi mavzular bo’yicha tаlabalar bilan suhbatlar o’tkazadilar: yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, diniy ekstemizm va terrorizmga qarshi kurash; pirsing, tatuaj kabi ommaviy madaniyat ko’rinishlarini inson salomatligiga ko’rsatadigan salbiy oqibatlari to’g’risida;
• Мurabbiylar murabbiylik guruhi talabalari bilan yotoqxonalaridan va ularning yashash sharoitlaridan xabar oladilar.


“Berdaq-avlodlarimiz nigohida” shiori ostida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir tashkil etildi