O`rta osiyo tibbiyot pediatriya institutining ichki kasalliklar kafedrasi institut bilan bir xil yoshda, yani ular 1972 yilda tashkil topgan.Uning asoschisi va birinchi kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Baxodirov Omonilla Baxodirovich bo`lib kafedraning tashkil topilishiga va uning oyoqqa turishiga katta xissa qo`shgan. U 1990 yilgacha kafedrani boshqardi.

1978 yilda kafedra 2 ga bo`lindi: 1 – pediatriya fakul’tetining ichki kasalliklar kafedrasi va ІІ – pediatriya fakul’tetning ichki kasalliklar kafedrasiga. 

2004 yilda institutda tibbiy pedagogika fakul’teti tuzilib » Davolash ishi» maxsuslashtirilishi munosabati bilan qaytatdan » Fakul’tet ichki kasalliklar, xarbiy dala terapiyasi va kasb kasalliklari » kafedrasini tashkil qilish qarori qabul qilindi. Kafedrani boshqarish O`zbekiston Respublikasida sogliqni saqlashda xizmat ko`rsatgan xodim, tibbiyot fanlari doktori, professor Babadjanov Abdumurat Sattarovichga (1952y tuģilgan) topshirildi.

U 1975 y ToshMini tugatgan. U taniqli olim akademik K. Yu. Yuldashevning shogirdlaridan biridir. 

2013 yilda rektorat va institut ilmiy kengashi xulosalariga asosan kafedraga yangi nom UASH- terapiya, klinik farmakologiya nomi berildi. Kafedrada davolash va tibbiy pedagogika fakul’tetlarining 5, 6 va 7 kurs talabalari va oliy xamshiralik ishi fakul’tetining 1 va 2 kurs talabalari o`qitiladi.

Kafedrada kuyidagi fanlardan dars o`tiladi: «Ambulator poliklinik terapiya», «Xarbiy dala terapiyasi», «Kasb kasalliklari», «Oliy malakali xamshiralar uchun – Xarbiy- dala terapiyasida xamshiralik ishi», «Gerontologiyada xamshiralik ishi», «Dietologiya».

Bugungi kunda kafedrada shtatlar soni 12 ta dan iborat.

Kafedraning professor, óqituvchilari yuqori bilimli mutaxassislardan iborat bo`lib, ulardan 4 kishi ilmiy darajaga ( 1 doktor, 3 ta tibbiyot fanlari nomzodlari), 4 kishi disertatsiyalar ustida ishlashmoqda. Kafedra o`qishning texnik asboblari va orgtexnika shaxsiy komp’yuterlar, mediaproektorlar bilan ta`minlangan . Internetdan foydalanish imkoniyatlari mavjud o`qish jarayonida o`qitishning interaktiv usullaridan keng qo`llaniladi, IKT, yangi pedagogik texnologiyalar ulardan foydalanishning natijalari doimo nazorat qilinadi va tizimi o`rganiladi. Ularning natijalari 2 ta jurnal maqolalari va 9 ta tezis maqolalarida unumlashtirilgan va jurnallarda , va Respublikaning ilmiy uslubiy konferentsiyalarida chop etilgan.