O’quv metodik ishlariga masul Kadoomtseva L. V

Kafedrada 5-,6 kurs talabalari “UASH- terapiya”, “Harbiy dala terapiyasi”, “Kasb kasalliklari”,  » Reabilitologiya» va OMX 1-kurs talabalari “Hamshiralik ishida gerontologiya”, 2-kurs esa “Dietologiya”, “Terapiya va harbiy dala terapiyasi” fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini o’tadilar.

Mashg’ulotlarni o’tkazishda zamonaviy pedogogik texnologiyalar (grafik organayzerlar, loyiha, keys usuli, multimediali prezentasiyalar) va axborot – texnologiya resurslaridan keng qo’llaniladi. Talabalar bilimini baholash reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi. Yakuniy imtihonlar integrasiya usulida o’tkaziladi(OSKE).

Kafedra o’qituvchilarining mashaqqati bilan ichki kassaliklari, harbiy dala terapiyasi, kasb kasalliklari fanlaridan eng yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab darsliklar, o’quv – uslubiy qo’llanmalar tuzilmoqda. Oxirgi yil davomida 20 ta maqola, 11 ta tezislar chop etildi. Rus va o’zbek tillarida chop etilgan 1 o’rgatish qo’llanma.