O’rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti Umumiy xirurgiya kafedrasi institut tashkil topgan yili – 1972 yilda 17-Shahar klinik shifoxonasi xirurgiya bo’limlari qoshida tashkil topdi. (Rasm-019-eski kafedra) Kafedra mudiri qilib tibbiyot fanlari doktori, dotsent Aqoid Saidxonovich Saidxonov tayinlandi (1997 yildan ToshPTI Xirurgik kasalliklar kafedrasi professori, 2008 yildan nafaqada, 2011 yilda vafot etganlar). 1997 yil institut miqiyosidagi qisqarishlardan so’ng, Xirurgik kassalliklar va Umumiy xirurgiya kafedralari asosida Xirurgik kasalliklar kafedrasi tashkil qilindi. Umumiy xirurgiya fani esa I-bolalar xirurgiyasi kafedrasi ixtiyoriga o’tkazildi. 2000 yil sentabr oyidan Umumiy xirurgiya fani kurs sifatida tashkil topdi (kurs rahbari t.f.n., dotsent A.Sh.Abdumajidov). “Xirurgik kasallarni umumiy parvarishi” fani qo’shilgach, ToshPTI bo’yicha 2002 yil 30 avgust 157 – sonli buyruq bilan Umumiy xirurgiya kafedrasi qayta tashkil qilinib, kafedra mudiri lavozimiga t.f.n., dotsent A.Sh.Abdumajidov tayinlandi. 2012 yildan boshlab kafedraga t.f.d., dotsent Ilhomov Farxod Obidjonovich raxbarlik qilmoqdalar.