2024-yil avgust ilmiy kengashida tasdiqlangan ToshPMI “Ma’naviyat va ma’rifat” ishlar rejasi asosida, “Umumiy xirurgiya” kafedrasi 2023-2024 o’quv yili uchun 30.08.2023-yilda o’tkazilgan kafedra yig’ilishida o’z reja ishini ishlab chiqdi va tasdiqladi, ToshPMI ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari prorektori M.A.Axmedova tomonidan tasdiqlandi. Reja asodan 15 punktdan tashkil topgan bo’lib – shu reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi. 3-sentabr 2023-yil 1-dars soatlari O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlangan mustaqillik dars soati bo’lib, barcha guruhlar majlislar zaliga yig’ilib kafedra mudiri, prof. T.A. Askarov tomonidan o’tkazildi va barcha xodimlar kafedra murabbiylari talabalar qatnashdilar, 32 yil davomida Respublikamizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari videofilm namoyish etildi. Bayonnomalar yozilib ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga topshirildi. Kafedradagi mavjud ma’naviy ma’rifiy burchak yangidan jixozlandi, adabiyotlar bilan boyitildi. Keksalarni e’zozlash yiligva bag’ishlab devoriy jadvallar osildi. Kafedrada muntazam “Axborot soatlari” shoshilinch xirurgiya xodimlari va ToshPTI II, III,IV, V kurs talabalari bilan birga o’tkazildi. Hozirgi kunda Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining “Yoshlar orasida narkotik moddalarni tarqashiga qarshi kurash” oyligi munosabati bilan axborot soatlarida murabbiylik soatlariada barcha guruhlarda tushuntirish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Kafedradagi 4 ta xodim tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 4-5 kurs talabalariga guruh murabbiylari etib tayinlangan va ular o’z guruhlari bilan reja asosida doimiy uchrashishi rejalashtirilgan. Ularning yashash sharoitlari, ijarada yashovchi talabalarni uy egalari bilan borib tanishadilar. Talabalar bilan birga muzeylarga, kinoteatrlarga va tarixiy joylarga ekskursiyalar tashkil etiladi. Kafedra xodimlar yanvar va mart oylarida talabalar uyiga borib talabalar bilan “qanday yashayapsan, talaba” mavzusida tadbir o’tkazadilar. Tadbirda talabalar o’z hayotlari, qiziqishlari va o’qishlari haqida o’rtoqlashadilar, o’zlarini qiziqtirgan savollarni beradilar. Kafedra xodimlari ham o’z navbatida talabalarga umumiy xirurgiya kafedrasining tarixi, asoschisi va xodimlari haqida to’liq tushuntiradilar. Bundan tashqari talabalar o’rtasida huquqbuzarlik, giyohvandlikning oldini olish haqida davra suhbati o’tkaziladi. Ustoz, murabbiylar kuniga bag’ishlab kafedrada tadbir o’tkaziladi, talabalarga kafedrada ishlab o’tgan professor o’qituvchilar, shu vaqtda ishlayotgan ustoz murabbiylar bilan uchrashuv o’tkaziladi va ularga guldastalar taqdim etiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 32 yilligi munosabati bilan va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uyushtiriladigan katta bayram tadbirda kafedra xodimlari talabalar bilan birga ishtirok etadilar. Yangi yil bayrami munosabati bilan kafedra xodimlar farzandlariga institut kasaba uyushmasi tomonidan archa bayramiga bilet tarqatiladi va faol xodimlarga teatrlarga biletlar beriladi. 8-mart “Xalqaro xotin qizlar” bayrami, 21-mart Navro’z bayrami, 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri o’tkaziladi. Tadbirda 3, 4, 5 kurs tibbiy pedagogika fakulteti talabalari, kafedra xodimlari, baynalminal jangchilar ishtirok etadilar.