Xorijiy tibbiyot muassasalari va tibbiy OTMlari bilan xalqaro aloqlarni yolga qo’yish maqasadida Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturiga mos ravishda 1997 yil ToshPTI Rectori Asadov D.A. buyrug’i (№45 ichki buyruq “Xalqaro aloqalar bo’limini tashkil etish” to’g’risida) asossida Xalqaro Aloqalar Bo’limi (XAB) tashkil etildi. 2001 – yilda ToshPTI XABi Ozbekiston Respublikasi SSV tomidan tasdiqlandi.
XABning birinchi rahbari 1997-2001 ga qadar Sharipov A.M. Keyinchalik 2001-2002-yillari Yadgarova K.T., 2002-2011 yillarda Jafarov M.M., 2011-2012 – yillarda Khaitov Q.N., 2012-2015 – yillarda Yuldashev M.A., 2015-2019 yillarda esa Nurxodjaev S.N. rahbarlik qildi. Hozirgi kunda Xalqaro Aloqalar Departamenti (XAD) rahbari Saidxodjayeva S.N. hisoblanadi.
O’tgan 20 yil ichida XAB tomonidan ulkan ishlar amalga oshirildi va institut xalqaro aloqalari O’zbekiston OTM lari ichida namunaviy darajaga etdi. Hozirda institut 20 dan ortiq xalqaro shartnomalar hamda anglashuv memorandumlari mavjud. Shunigdek, 10 dan ortiq davlatlar bilan aloqalar o’rnatildi va ToshPTIda 6 davlat vakillaridan iborat xorijiy talabalar ta’lim olishadi. Har yili 50 dan ortiq ToshPTI mutaxassislari chet ellarda malaka oshirishadilar.