Xizmat faoliyatini tashkil etish

Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga ko‘ra institut Kengashi tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi (xodimlar soni, funksiya va vazifalari ilovada belgilanadi).

Xizmat faoliyati rektor tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi.

Xizmatga rektor tomonidan tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Axborot xizmati xulosasini hisobga olgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan matbuot kotibi (rahbar) boshchilik qiladi.

Xizmat rahbari bevosita rektorga bo‘ysunadi va bir vaqtning o‘zida uning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi hamda mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra davlat organi va tashkiloti prorektorga tenglashtiriladi.

Xizmat rahbari:

rektorning matbuot kotibi sifatida institut tizimida yagona davlat axborot siyosatiga amal qilinishi monitoringini olib boradi;

Xizmatga umumiy rahbarlik qiladi, xodimlar ishini tashkil etadi, ularning vazifalarini taqsimlaydi, majburiyatlarining bajaralishi sifatini nazorat qiladi;

rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha institut nomidan ishtirok etadi;

institut tarkibiy bo‘linmalari, uning huzuridagi markazlar, barcha hududiy o‘quv muassasalaridan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda oladi;

institut imijini oshirish, xizmat faoliyatini takomillashtirish yuzasidan rahbariyatga takliflar ishlab chiqadi;

institut Media-markaziga umumiy rahbarlik va markaz faoliyatini tashkil etadi;

Xizmat xodimlarining faoliyati natijadorligiga qarab, ularning ish haqiga ustamalar hajmini oshirish bo‘yicha rahbariyatga o‘rnatilgan tartibda yozma ravishda taklif kiritadi;

Xizmat faoliyatida uzilishlar bo‘lishining oldini olish maqsadida xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqish vaqtlarini muvofiqlashtiradi;

Xizmat faoliyati bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi.

Veb-sayt bilan ishlovchi bosh mutaxassis:

Xizmat rahbari vaqtincha bo‘lmagan davrda uning vazifalarini bajaradi;

institut tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarini yoritish reja (media-reja)sini tayyorlash hamda institut resurslari va OAVni axborot bilan ta’minlash uchun mas’ul hisoblanadi;

institut bo‘linma va kafedralarida veb-sayt uchun mas’ul hodimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ular bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

institutning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;

institut faoliyati hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga oid yangiliklarning ijtimoiy tarmoqlarda zudlik bilan tarqatilishi uchun mas’ul hisoblanadi;

institut rasmiy veb-saytida, Telegram kanali, Facebook va Instagramdagi sahifalarini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib borishini ta’minlaydi;

yangiliklar va boshqa axborotlarning institut veb-saytida, ijtimoiy tarmoqlar hamda mobil messenjerlardagi sahifalarda kuniga kamida bir marta joylashtirilishi va yangilanishini ta’minlaydi;

kelgusi tadbirlar haqida e’lon va press-relizlarni shakllantirilishi, ularni OAVga yuborilishini ta’minlaydi;

jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish va tadbirlarda ularning ishini tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi;

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, xususiy teleradiokompaniyalar tomonidan kelib tushayotgan takliflar asosida tok-shoular, ochiq muloqotlar, reportaj, tele-ko‘rsatuv hamda radio-eshittirishlarda institut vakillari ishtirokini ta’minlaydi;

OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarda institut faoliyatiga doir turli tanqidiy yoki noto‘g‘ri fikrlar e’lon qilinganda, tegishli boshqarma va bo‘limlar tomonidan ularga javob tayyorlanishi yoki munosabat bildirilishini tashkil qiladi;

institut hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga oid dolzarb masalalar yuzasidan brifinglar, matbuot anjumanlari, press-turlar tashkil qiladi hamda ularda institut vakillari ishtirokini ta’minlaydi;

Xizmat faoliyati yuzasidan yuqori va boshqa tashiklotlardan kelib tushayotgan hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan doimiy nazoratni olib boradi va qarzdorlik vujudga kelishining oldini oladi;

tizimga oid masalalar yuzasidan brifinglar, matbuot anjumanlari, press-turlar, seminarlar o‘tkazish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;

Xizmat faoliyatiga taalluqli institutning me’yoriy-huquqiy hujjatlari va buyruqlari loyihalarini tayyorlaydi; Xizmatning yil yakuni bo‘yicha hisobotini tayyorlaydi.