Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Matbuot xizmati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida«gi qarori asosida 2018 yilda tashkil etilgan.

Hujjatga muvofiq birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasalari tuzilmalarida ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha 1 tadan shtat birligini ajratgan holda matbuot kotibi lavozimi joriy etilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tuzilmasida hamda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilishi belgilangan axborot xizmatining (matbuot kotibining) faoliyat nizomlari tasdiqlandi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Kuzatuv Kengashining 2022-yil 27-sentabrdagi 3-sonli Majlisi bayonnomasida institutning yangi tuzilmasi tasdiqlandi, unga ko’ra institut matbuot kotibi lavozimi asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Matbuot xizmati faoliyati tashkil etilib, institutning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan 2 ta shtat birligi ajratilib, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Matbuot xizmati to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi.