Patologik anatomiya kafedrasi 1972 yili tashkillashtirilgan. Birinchi kunlaridan boshlab to 1999 yilga qadar kafedraning doimiy rahbari Alimov Vali Alimovich (1924-2013)  bo`lib kelgan. Vali Alimovich Toshkent tibbiyot instituti bitiruvchisi, patologoanatom, t.f.d. professor (1970), sog’liqni saqlash a’lochisi, Toshkent shahrining etakchi patologoanatomi. Kafedra faoliyati birinchi navbatda uning nomi bilan bog’liq. V.A. Alimov rahbarligida o`ndan ziyod kafedrada xodimlari keyinchalik fan nomzodlari va doktorlari bo`lib yetishdi, SAMPI va Respublikadagi boshqa OTMlarining kafedralarida mehnat faoliyatlarini olib bordilar. Kafedra ish faoliyati boshlanishi bilan birga V.A. Alimov tomonidan ilmiy laboratoriya tashkil etildi va patologoanatomlarning o’ziga xos maktabi yaratildi. Turli vaqtlarda kafedra laboratoriyasi SSSR va Rossiyaning yetakchi patologoanatom maktablari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirib kelgan. Patologik anatomiya kafedrasi Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, shuningdek, ToshPTI Nukus filialining patologik anatomiya kafedrasi faoliyatiga yordam beradi. Qator yillar davomida kafedrada t.f.n dotsent A.S. Alfitayev, t.f.n. dotsent N.A. Suxanos kabi iqtidorli pedagoglar faoliyat yuritgan. 2012 yidan boshlab bugungi kunga qadar sud ekspertizasi kafedrasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Gistologiya tarixi