ToshPTI talabalari Xalqaro ilmiy olimpiada g’olibi bo’ldi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika fakulteti 4-kurs talabasi Aminova Asalya tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan «Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgasha» III Xalqaro olimpiadada “Tibbiyot profilaktikasi” yo‘nalishi bo‘yicha 2 o‘rinni egalladi.
Institut rahbariyati va jamoasi Asalya Aminovani va uning ilmiy rahbari Nilufar Farxadovna Rasulovani hamda Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri Professor Shaxnoza To’lqinovna Iskandarovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Ilmiy rahbar: Rasulova N. F
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika fakulteti 3-kurs talabasi Mashurova Ayshe tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan, Gigiyena fani bo’yicha TMA da o’tkazilgan «Talabalar o’rtasida o’tkazilgan fan olimpiadasi» da faxrli 3 o’rinni egalladi.
Institut rahbariyati va jamoasi Mashurova Aysheni va uning ilmiy rahbari Xasanova Ma’mura Ikromovnani hamda Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri Professor Shaxnoza To’lqinovna Iskandarovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Ilmiy rahbar: Dotsent Xasanova M. I