ToshPTI talabalari Xalqaro ilmiy olimpiada g’olibi bo’ldi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti   Tibbiy pedagogika fakulteti 4-kurs talabasi Aminova Asalya  tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan «Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgasha»  III Xalqaro olimpiadada “Tibbiyot profilaktikasi” yo‘nalishi bo‘yicha 2 o‘rinni egalladi.

Institut rahbariyati va jamoasi Asalya  Aminovani  va uning ilmiy rahbari  Nilufar Farxadovna Rasulovani  hamda   Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi  mudiri  Professor  Shaxnoza To’lqinovna  Iskandarovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Ilmiy rahbar: Rasulova N. F

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti   Tibbiy pedagogika fakulteti 3-kurs talabasi Mashurova Ayshe  tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan, Gigiyena fani bo’yicha TMA da o’tkazilgan «Talabalar o’rtasida o’tkazilgan fan olimpiadasi» da faxrli 3 o’rinni egalladi.

Institut rahbariyati va jamoasi Mashurova Aysheni  va uning ilmiy rahbari Xasanova Ma’mura Ikromovnani  hamda   Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi  mudiri  Professor  Shaxnoza To’lqinovna  Iskandarovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Ilmiy rahbar: Dotsent Xasanova M. I