2021-2022 o’quv yilida pediatriya, tibbiy pedagogika, davolash ishi, oliy xamshiralik ishi va magistratura talabalari Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasida talabalar quyidagi fanlar asosida ta’lim oldilar:

  • Pediatriya, tibbiy pedagogika va davolash  ishi fakulteti 1 kurs talabalari   2021 yilda ishlab chiqilgan Davlat Standarti asosida 2 semestrda Tibbiyot tarixi fanidan kredit-modul tizimi asosida, 3 kurs talabalari 2018 yilda ishlab chiqilgan Davlat Standarti asosida 5-6 semestrda «Gigiena, tibbiy ekologiya” fanidan, 4 kurs talabalari 2018 yilda ishlab chiqilgan Davlat Standarti asosida Jamoat salomatligi va soglikni saklashni tashkil etish va Xarbiy gigiena fanlaridan, 6 kurs talabalari 2016 yilda ishlab chiqilgan Davlat Standarti asosida Ijtimoiy tibbiyot va sog’liqni saqlashni tashkil etish  fanidan   ta’lim oldilar.  Yakuniy nazorat ushbu fanlardan Test markazida tashkillashtirildi.
  • Xalq tabobati fakulteti talabalari 2021 yilda ishlab chiqilgan Davlat Standarti asosida 1 va 2 semestrda Ibn sino tib qonunlari va Valeologiya fani, 2 va 3 semestrda Dalillarga asoslangan tibbiyot usullari, 3 semestrda Gigiena, tibbiy ekologiya, 3-4 semestrda Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish fanlaridan  ta’lim oldilar. Bunda o’qish jarayoni kredit-modul tizim asosida shakllantirildi. Yakuniy nazorat sinov shaklida yakunlandi.

  • Magistratura 2  kurs talabalari 3 semestrda kafedrada Soglikni saklashda menejment fanidan bilim oldilar, Yakuniy nazorat ToshPTI modul tizimida “Onlayn” tarzda 100 balli mezon asosida olib borildi.
  • Oliy toifali hamshiralar yil davomida 2 kurs –Xamshiralik ishida boshkaruv fani, 3 kurs –mutaxassislik fanidan ta’lim oldilar. 2 kurs XIB fani Test markazida test nazorati tarzda tashkil etildi.

Ushbu o’quv yilida barcha xodimlar yillik o’quv yuklamasini deyarlik bajardilar, ba’zi xodimlar Nazarova S.K., Otashexov Z.I., Mirdadaeva D.D.va Sattarova Z.R. malaka oshirdilar. Kafedra assistenti Xamraeva F.M. kasallik sababli o’quv yuklamani bajara olmadi.(kasallik varaqasi taqdim etilgan)

Talabalar davomati ushbu 2021-2022 o’quv yilida kafedrada 98 foizni tashkil kildi. Kafedradagi barcha fanlardan talabalar yakuniy nazorat  buyicha quyidagi  natijalarga erishdilar.

Pediatriya ishi, davolash ishi fakulteti1 kurs talabalari “Tibbiyot tarixi” modulidan 1,5 kredit asosida o’zlashtirib oldilar, yakuniy nazorat sinov shaklida o’tkazildi. Xalq tabobati fakulteti 1 kurs talabalari Valeologiya va Dalillarga asoslangan tibbiyot usullari, 2 kurs talabalari Jamoat salomatligi va Gigiena modullaridan sinov asosida kreditga ega bo’ldilar.

Kafedraning ilmiy amaliy ishlar yuzasidan dostent N.S.Muxamedova faoliyat olib bordi. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi “O’zbekiston Respublikasida turli axoli guruxlarining salomatligini o’rganish va uni yaxshilash borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish”. Ushbu 2022 yilda  chop etilgan:    

– Monografiya soni – 2 ta

– EXM guvoxnomasi – 3 ta

– O’quv, uslubiy-qo’llanma – 3  ta

– Darslik – 2 ta