Kafedraning ilmiy faoliyatiga mas’ul: Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Asadova G.A.

Xalqaro hamkorligi:

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining umumiy gigiena kafedrasi – Puzyrev V.G.

Kursk davlat tibbiyot universitetining umumiy gigiena kafedrasi – Chernykh A.M.

Kuban davlat tibbiyot universitetining tibbiy genetika kursi bilan biologiya kafedrasi – Alekseenko S.N.

Xalqaro kongresslar va stajirovkalarda qatnashish:

Kursk shahrida 2023-yil 23-martda “Atrof-muhit va aholi salomatligi” mavzusidagi xalqaro masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya – konferensiya tashkilotchilari, ToshPTI “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” kafedrasi;

“Tibbiyotning dolzarb masalalari” X yillik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2023 yil 27-28 aprel – tibbiyot fanlari doktori, professor Iskandarova Sh.T., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Asadova G.A.;

Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash siyosati bo’yicha IV sun’iy yo’ldosh forumi. Baku, Ozarbayjon, 2023 yil aprel – tibbiyot fanlari doktori, professor Iskandarova Sh.T., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Asadova G.A.

«Science and Innovation» xalqaro ilmiy jurnali tashubbusi bilan har yili dekabr oyida «Olimlar bayrami» taqdirlash marosimi o’tkazilib kelinadi. Bu yil ham ushub tadbir respublikamizning ko’plab akademiklari, professorlari, olimlari va yosh tadqiqotchilarini bir joyga jamladi. Tashkilotchilar tomonidan Andijon davlat pedagogika instituti rektori boshchiligida institut vakillari ham ushbu taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun taklif etildi. Toshkent shahridagi Turkiston san’at saroyida «Science and Innovation» xalqaro ilmiy jurnali hamda UzreportTV bilan hamkorlikda tashkil etilgan bu yilgi taqdirlash marosimida taniqli san’atkorlar va so’z ustalari ishtirokida konsert, ko’rgazmalar, «O’zbekistonning taniqli olimlari» ensiklopediyasi taqdimoti, «Mening muvaffaqiyat yo’lim» biografik ensiklopediyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. «Olimlar bayrami» taqdirlash marosimida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi dotsenti Nilufar Farhadovna Rasulovani “Yilning eng yaxshi tadqiqotchisi” nominatiyasiga ega bo‘ldilar.