Ijtimoiy gigiena va Umumiy gigiena, bolalar va o’smirlar gigienasi kafedralari 1972 yilda tashkil etilgan. O’sha davrda «Umumiy gigiena, bolalar va o’smirlar gigienasi” kafedrasiga professor S.S.Solixo’jaev, “Ijtimoiy gigiena”kafedrasiga esa professor T.A.Aripova rahbarlik qilgan.

1986 yildan boshlab «Ijtimoiy gigiena” kafedrasiga professor N.M.Maxmudova raxbarlik qila boshglaganlar.

1997 yilda bu ikki kafedralar birlashtirildi va “Gigiena, ijtimoiy gigiena va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish” deb nomlana boshlandi. 1997 yildan 2000 yilga qadar kafedraga professor N.M.Maxmudova rahbarlik qilib keldilar.

2000 yildan hozirgi davrda professor Sh.T.Iskandarova rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Hozirgi vaqtda kafedra “Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish” deb nomlanadi. Kafedrada professor Sh.T.Iskandarova, dostentlar: M.F.Fayzieva, M.I.Xasanova, N.F.Rasulova, N.S.Muhamedova, S.K.Nazarova, G.A.Djalilova: katta o’qit: Z.I.Otashexov, M.A.Odilova, Z.R.Sattarova, assistentlar: N.A.Mahsudova, D.D.Mirdadaeva, H.M.Mirsaidova, A.A.Sadikova, F.M.Hamraeva, Z.Sh.Gofurova va I.Ya.Tolipov faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Kafedrada pediatriya, tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakulteti talabalari  1 va 2 kursda «Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tashkillashtirish», 3 kursda «Gigiena, tibbiy ekologiya» va «Xarbiy gigiyena» fanini o’zlashtiradilar. Shuningdek, 4 va 6 kurs talabalari kafedrada “Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni tboshqarish” fanlarini o’qiydilar. Kafedrada oliy hamshiralik ishi yo’nalishidagi talabalari 1 kursda “Klinik epidemiolodiya”, “Jamoada hamshiralik ishi”, «Valeologiya», 2 kursda «Hamshiralik ishida boshqaruv» fanlarini o’zlashtiradilar. Оliy toifali hamshira fakulteti talabalari 3 kursda tanlab o’qiydigan fan-«Hamshiralik ishida boshqaruv» fanidan amaliyotni sog’liqni saqlash muassasalarida o’taydilar. Bundan tashqari kafedrada magistraturaning barcha 2 kurs talabalari “Sog’liqni saqlash tizimida menejment”  fanlarini o’zlashtiradilar. Kafedra xodimlari, aspirantlar va izlanuvchilar Vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Sanitariya va kasb kasalliklari Ilmiy-tekshirish institutlari va boshqa shu kabi muassasalar bilan aktiv hamkorlik qiladilar. Kafedra xodimlari jamoat salomatligi, sog’liqni saqlashni tashkil qilish, marketing va menejment, umumiy gigiena, bolalar va o’smirlar gigienasi kabi fanlaridan uslubiy qo’llanmalar, o’quv qo’llanmalar va darsliklar yaratishda aktiv ishtirok etib kelmoqdalar.

Hozirgi davrga qadar 10 tadan ortiq darslik, 30 ta uslubiy va o’quv qo’llanmalar, 1 ta tibbiyot terminologiyasi bo’yicha luғat va bir qancha uslubiy ko’rsatmalar nashr qilingan. Kafedra xodimlari shu kabi xalqaro yiғilishlarda, institut va respublika konferenstiyalarida, kongress va simpoziumlarda aktiv ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirga qadar ular tomonidan 300 tadan ziyod tezislar, 60 ta maqla va 6 ta monografiyalar chop etilgan.